Tizimda kamida 5 yil iş stajiga ega xodimlarini öqişga qabul qiliş uçun tavsiya etiş huquqiga ega taşkilotlar röyxati tasdiqlandi, deb ma’lum qildi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.

Röyxatda davlat oliy ta’lim muassasalariga öqişga qabul qiliş jarayonlarini muvofiqlaştiriş böyiça Davlat komissiyasi qarori bilan Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida beş yil iş stajiga ega bölgan fuqarolarni sirtqi va keçki ta’lim şaklidagi suhbat natijalariga köra tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt asosida öqişga qabul qiliş uçun tavsiya etiş huquqiga ega bölgan vazirlik, idora va yirik birlaşmalar nomlari körsatilgan.

Bunda röyxatda keltirilgan taşkilotlar tavsiyanomasiga ega bölgan talabgorlar 2024 yil 1avgustdan 15 avgustgaça (şu kuni ham) Bilimni baholaş agentligining maxsus elektron tizimi orqali onlayn röyxatdan ötkaziladi.

Şuningdek, talabgorlar bilan suhbat ötkaziş va talabalikka qabul qiliş Vazirlar Mahkamasining 675-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oşiriladi.