Kun.uz tahririyati Mysterious Uzbekistan va Uzbek Tourist alpinistlar jamoasi bilan hamkorlikda Avstraliya va Okeaniyadagi eng baland vulqonni zabt etdi va u yerda yaşaydigan qabila turmuş tarzini örgandi. Papua Yangi Gvineya orollaridagi ajoyib manzaralar, hayratlanarli hayot tarzi bilan tanişing.
Kun.uz jamoasi Mysterious Uzbekistan va Uzbek Tourist alpinistlar jamoasi bilan hamkorlikda ajoyib körsatuv tayyorladi. U yerda aktiv vulqonlar mavjud, va tabiiyki vulqon otilganda ba’zan fojiaviy holatlar ham bölib turadi. Papua Yangi Gvineyaga kiruvçi orollarda jami 94 ta vulqon bor. Bundan 18 tasi aktiv holatda. Avstraliya okeanidagi eng katta vulqon ham şu yerda joylaşgan.
Alpinistlarimiz Avstraliya va Okeaniyadagi eng baland vulqon (4376 m) çöqqisini zabt etişdi.
Avvalo alpinistlar jamoasi Papua Yangi Gvineyadagi bu vulqon çöqqisini zabt etgunga qadar erişgan yutuqlarini sanab ötsak. Mysterious Uzbekistan (Sirli Özbekiston) va Uzbek Tourist jamoasi 4 eng baland çöqqini zabt etişgan.
1. Elbrus 5642 m - Yevropadagi eng baland çöqqi va vulqon. 2022 yilda.
2. Kilamanjaro 5895 m- Afrikaning eng baland çöqqisi va vulqoni 2023 yilda.
3. Demavend 5671 m. Osiyoning eng baland vulqoni. 2023 yilda.
4. Giluve 4367 m. Avstraliya va Okeaniyaning eng baland vulqoni. 2024 yilda.
Papua Yangi Gvineya tarixi
Dastlab Yangi Gvineyaga 16-asrning 1-yarmida portugal dengizçi sayyohlari kelgan. 1884 yil Yangi Gvineya orolining janubi-şarqiy qismi Angliya protektoratiga aylantirildi va u Papua nomini oladi, 1888 yil Buyuk Britaniya mustamlakasi deb e’lon qilindi, 20 asr boşlarida Avstraliya Ittifoqiga topşirildi.
1920 yil orolning Germaniya protektorati bölgan şimoli-şarqiy qismi ham, Millatlar Ittifoqining mandatiga binoan, Avstraliya Ittifoqi boşqaruviga olib berildi. 1949 yil Avstraliya hukumati uning ikkala qismini ma’muriy jihatdan birlaştirdi va mamlakat Papua Yangi Gvineya nomini oldi. 1973 yil Papua Yangi Gvineya içki özini özi boşqariş huquqiga ega böldi. 1975 yil 16 sentabrda esa mustaqil davlat deb e’lon qilindi. Papua Yangi Gvineya 1975 yildan BMT a’zosi hisoblanadi.
Papau Yangi Gvineya joylaşuvi
Papua Yangi Gvineya Mustaqil Davlati uning poytaxti — Port Moresbiy şahri. Tinç okeanining janubi-şarqiy qismida joylaşgan davlat. Ğarbda Indoneziya bilan çegaradoş, qolgan qismi dengizlar bilan öralgan. Papua Yangi Gvineya tarkibiga Yangi Gvineya orolning şarqiy qismi va unga yondoş orollar, Bismark arxipelagi, Solomon orollarining şimoliy qismi, D’antrkasto orollari, Luiziada arxipelagi, Trobrian orollari, Murua orol va boşqa 200 ga yaqin katta-kiçik orollar kiradi. Umumiy maydoni 463 ming km kv. Aholisi 5 mln kişidan ortiq deyiladi. Ma’muriy jihatdan 20 viloyatga bölinadi.
Ajoyib urf-odatlari
“Papua Yangi Gvineya aholisining yaşaş tarzi bölingan holatda, ya’ni ayollar alohida erkaklar alohida yaşaşgan. Ularda ikkita alohida uy bölgan “erkaklar uyi” va “ayollar uyi”. Vaholanki bu yerda köpxotinlikka ruxsat berilgani uçun bitta erkakning ikkita, uçta xotini böladi.
Yana bir qiziq narsa bu ularning milliy taom tayyorlaş jarayonidir. Papua Yangi Gvineyada taomlar asosan gulxanda emas, qizdirilgan toşlarda pişiriladi. Ularning eng maşhur taomlaridan biri “Momo” deb ataluvçi qizdirilgan toşda pişirilgan kartoşka ekan.
Bunday taom tayyorlaş usuli birinçi örinda hamjihat bölişga yordam bergan, ikkinçidan ovlangan hayvonni taşib köp vaqt sarflamaslik uçun, uçinçidan kulolçilik mehnati rivojlanmaganligidan. Ya’ni bu yerda turli xil idişlardan taom iste’mol qiliş uçun va taom tayyorlaganda heç qanday ziravor yoki tuzdan foydalanmagan, çunki “Momo” usulida pişirilgan mahsulot tutunga dimlab quyişgani uçun göştga yoki bunday kartoşkaga özgaça ta’m bergan.
Skeleton odamlar (ÇIMBU)
Papua-Yangi Gvineyaning olis toğli Çimbu viloyatida bir qança etnik guruhlar yaşaydi, ularning köpçiligi qabilaviy tana san’ati bilan şuğullanadi.
1934 yilda avstraliyalik oltin ovçi tadqiqotçi birinçi marta ularni uçratganda, odamlar hayratlanarli körinişga egaligi va Çimbu qabilasi
boşdan oyoq skeletlar sifatida körinişi hayratlanarli tarzda bölganini körişadi. Ularning hayratlanarli badiiy taqdimotining sababi yuzlab yillarga borib taqaladi.
Qabila, dahşatli ğayritabiiy mavjudot atrofdagi örmonlarni ta’qib qiladi deb işongan va şuning uçun arvohni mağlub qiliş uçun ular arvohga aylanişlari kerak edi. Oq loy va kul aralaşmasidan foydalanib ular tanalarini, boş suyagini va barça suyaklarini böyaşdi. Bu ularga örmonlarda zararsiz ov qiliş imkonini berdi. An’ana bir neça asrlar davom etdi.
Hozirgi kunda Bugamo qöriqxonasi aholisi har yili ötkaziladigan Xeygen Sing toğ festivali uçun tanalarini skeletga böyaşadi.
Bir vaqtlar bu an’ana özga dunyo jonzotlaridan himoya qiliş va jang oldidan qörqitiş uçun işlatilgan bölsa, endi bu, albatta, örtaça narxlarda ta’sirçan rasm olişni istagan qiziquvçi fotograflarini jalb qiliş vositasidir xolos.
Mudmen mud odamlar
Asaro Mudmen inglizça: Asaro daryosidan kelgan odamlar, loyga botgan odamlar ma’nosida keladi. Şarqiy Toğlar provinsiyasi, Goroka şahridan bölgan papua xalqi. Ular tanalarini oq loy bilan qoplaşlari va maxsus loy niqoblarini kiyişlari bilan maşhur. Oq rang Papua madaniyatida ölimni anglatadi.
Afsonaga köra, Asaro mudmenlari duşman qabilasi tomonidan mağlub bölgan, buning natijasida ular Asaro daryosiga qoçişga majbur bölişgan. Ammo ular keçqurungaça kutişga qaror qilişdi. Loyga botgan Asaro mudmenlarini duşmanlar körib ruhlar deb öylaşgan. Duşman qabilasi bundan qattiq qörqib, qoçib ketişgan. Duşmanlar nima bölganini tuşuniş uçun qişloqqa qaytib kelişdi. Lekin ular yana loyga botgan Asaro mudmenlarini körib qoçib ketadi.
Jamoa a’zolari Papua Yangi Gvineyadagi eng baland çöqqini zabt etişda qiziqarli voqea va ajoyibotlarga duç keldi. Körsatuvda namlik yuqori bölgan örmon, yovvoyi tabiat, kamgap mahalliy aholi, xullas sarguzaşt istovçilar uçun ajoyib ma’lumotlar bilan tanişiş mumkin.












