Central Asian University (CAU) özbekistonlik iqtidorli maktab öquvçisi Rayyona Ibrohimova uçun 100% grant ajratilişini çeksiz iftixor bilan e’lon qiladi. 800 000 000 söm miqdoridagi grant universitet hududida öqiş va yaşaş xarajatlarini töliq qoplaşni öz içiga oladi.

Foto: Goethe-Institut/Andreas Dahn
Yaqinda 15-22 iyul kunlari Germaniyaning Gettingen şahrida bölib ötgan Butunjahon nemis tili olimpiadasida Rayyona Ibrohimova oltin medalni qölga kiritdi. Bu buyuk yutuq alohida tahsinga sazovor, çunki uning yuksak tayyorgarlik darajasi va iste’dodidan dalolat beradi.
Nufuzli xalqaro tadbirda dunyoning 62 mamlakatidan 100 nafardan ziyod öquvçi iştirok etdi. Rayyona Bangladeş va Şimoliy Makedoniyaning boşqa ğoliblari bilan birga nemis tilini mukammal bilişi, kreativligi va jamoada işlaş qobiliyatini namoyiş etib, birinçi örinni egalladi.
Olimpiada doirasida iştirokçilar jurnalning onlayn sahifasini yaratiş, taqdimotlar va improvizatsiya topşiriqlarida töliq nemis tilida iştirok etiş kabi turli yönalişlarda bellaşdilar. Hakamlar hay’ati nafaqat tilni biliş darajasini, balki ijodiy qobiliyat va jamoaviy işlaş könikmalarini ham baholadi.
Central Asian University iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş, ularga yuqori natijalarga erişiş imkoniyatlarini taqdim etişni öz missiyasi deb biladi. Rayyona Ibrohimova uçun ta’lim uçun töliq grantning ta’sis etilişi universitetning eng yaxşilarini qöllab-quvvatlaşga intilişini tasdiqlaydi.
Universitet uşbu grant uning akademik va professional faoliyatida muhim qadam bölişiga işonadi hamda uning keyingi muvaffaqiyatlariga işonadi.
Central Asian University iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş uçun barça sa’y-harakatlarini davom ettiradi, ularning ösişi va rivojlanişi uçun şart-şaroitlar yaratadi va Rayyona Ibrohimovaning misoli boşqa talabalarni yuqori maqsadlarga erişişga ilhomlantiradi va CAU taklif qiladigan imkoniyatlarning ramziga aylanadi, deb umid qiladi.
Reklama huquqi asosida









