2024 yilning birinçi yarmida davlat budjetidan ajratiladigan subsidiyalar miqdori 15 trln 351 mlrd sömni taşkil qilgan. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarda keltirib ötilgan.
Joriy yil yanvar-iyun oylarida subsidiya mablağlarining katta qismi quyidagi maqsadlarda işlatilgan:
- içki bozorda tabiiy gazni ulgurji sotib oliş va sotiş örtasidagi zararlarni qoplaş – 9,3 trln söm;
- nodavlat maktabgaça ta’lim muassasalariga subsidiyalar – 1,55 trln söm;
- issiqlik ta’minoti korxonalari zararini qoplaş xarajatlari – 1,47 trln söm;
- aholi tomonidan uy-joy sotib oliş uçun subsidiyalar – 543 mlrd söm;
- jamoat transportida yölovçilar taşiş uçun subsidiyalar – 413 mlrd söm;
- geologiya-qidiruv işlari uçun ajratilgan subsidiyalar – 377 mlrd söm;
- qişloq xöjaligi jamğarmasiga subsidiyalar – 240 mlrd söm;
- aholini tadbirkorlikka jalb qiliş uçun subsidiyalar – 211 mlrd söm;
- elektropoyezdlarda yölovçilar taşişni subsidiyalaşga – 192 mlrd söm
- çorvaçilik, parrandaçilik, baliqçilik xöjaliklari tomonidan yetiştirib sotilgan mahsulot uçun subsidiyalar – 172 mlrd söm.
Hisobotdan ma’lum bölişiça, gaz uçun ajratilgan 9,5 trln sömlik umumiy yillik subsidiyaning 9,3 trln sömi yoki 98 foizi allaqaçon özlaştirilgan. Uşbu davrda 809 mln dollarlik gaz import qilingan, bu 2023 yilning mos davri bilan taqqoslaganda, 5 barobarga köp.
Şuningdek, issiqlik ta’minoti korxonalari zararini qoplaş uçun közda tutilgan 1,9 trln sömlik subsidiyaning 1,47 trln sömi işlatib bölingan.
Umumiy hisobda, joriy yilning birinçi yarmida energetika sohasiga ajratilgan subsidiyalar umumiy mablağning 70,2 foizini taşkil qilgan.
Yana bir e’tiborga molik jihat şundaki, elektropoyezdlarda yölovçilar taşişni subsidiyalaşga 192 mlrd söm sarflangan. 2023 yilning oxirida “Afrosiyob” elektropoyezdlarining çipta narxi 100 foizga oşirilgandi. Joriy yilning 15 mayidan çiptalari narxi yana ekonom klass uçun 20 foiz, biznes klass uçun 30 foiz va VIP klass uçun 40 foizga







