Osiyo taraqqiyot banki Özbekiston hukumatiga 400 million dollar qarz ajratadi. Uşbu mablağlar mamlakat moliya bozorlarini mustahkamlaş va barqaror bozorga yönaltirilgan energetika sektorini rivojlantiriş böyiça taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş uçun yönaltirilişi közda tutilgan.

«Xususiy sektorning faol iştiroki Özbekistonning iqtisodiy ösişi va transformatsiyasi uçun juda muhim ahamiyatga ega», dedi OTBning Markaziy va Ğarbiy Osiyo böyiça Boş direktori Yevgeniy Jukov.

300 mln dollar miqdoridagi birinçi kredit energetika sohasini isloh qiliş dasturining ikkinçi kiçik dasturiga möljallangan. Bu mablağlar xususiy sektor investitsiyalarini rağbatlantiriş va sanoatning moliyaviy barqarorligini oşirişi kerak bölgan energetika sohasi tuzilmasi, huquqiy-me’yoriy bazasi va boşqaruvini takomillaştiriş uçun budjetni qöllab-quvvatlaşga yönaltiriladi.

Dastur uglerod çiqindilarini kamaytiriş va energiya samaradorligini oşiriş böyiça islohotlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan. Uşbu islohotlar sirasiga elektr energiyasi bozorini rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlar rejasi, raqobatni rivojlantiriş va şaffoflikni ta’minlaş uçun mustaqil energetika regulyatorini yaratiş, markaziy xarid va çakana savdo funksiyalarini ajratiş va yangi taşkil etilgan mustaqil taşkilotlarga ötkaziş hamda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanişni oşiriş, issiqxona gazlari çiqindilarini kamaytiriş va mamlakatning elektr uzatiş va tarqatiş tarmoğini modernizatsiya qiliş böyiça energetika sektori boş rejasi kiradi.

100 mln dollar miqdoridagi ikkinçi kredit «Moliya bozorlarini rivojlantiriş dasturi» ikkinçi kiçik dasturga qaratilgan. Uşbu kredit moliyaviy operatsiyalar va xizmatlar uçun muhitni yaxşilaş, şuningdek, Özbekistonda kapital va pul bozorlarini rivojlantiriş böyiça talab va taklifni boşqariş çora-tadbirlarini köpaytirişga qaratilgan normativ-huquqiy va institutsional islohotlarni amalga oşirişni qöllab-quvvatlaydi.

Ma’lumot uçun, OTB 1966 yilda taşkil etilgan bölib, hozirda taşkilotga 68 ta davlat a’zo hisoblanadi. Xususan, Özbekiston bankga 1995 yilda a’zo bölgan va öşandan beri mamlakatga 12,5 mlrd dollar miqdorida qarz, grant va texnik kömak taqdim etilgan.