Boks böyiça Özbekiston milliy jamoasining bugun jangini ötkazgan ikkinçi vakili ham ğalabaga erişdi.
–71 kg vaznda iştirok etayotgan Asadxöja Möydinxöjayev olimpiya öyinlaridagi debyutini Afrika öyinlari finalçisi, misrlik Omar Elavadiga qarşi ötkazdi va töliq ustunlikka erişib (5:0), 1/4 finalga çiqdi.

Kun davomida –57 kg vazn toifasi vakili Abdumalik Halokov ham birinçi jangida ğalabaga erişgandi.
Şu tariqa, Asadxöja çorakfinalga yöllanma olgan özbekistonlik 8-boksçiga aylandi.
Bungaça Ruslan Abdullayev, Lazizbek Mullajonov, Bahodir Jalolov, Hasanboy Dösmatov, Sitora Turdibekova, Törabek Habibullayev va Abdumalik Xalokov ham keyingi bosqiçga çiqqan, Nigina Öktamova turnirni tark etgandi. –66 kg vazn toifasi vakili Navbahor Hamidova va –50 kg vazn toifasi vakili Sabina Boboqulova ilk jangini 1 avgust kuni ötkazadi.
Özbekistonlik boksçilarning keyingi janglari taqvimi:
1 avgust
1/4 final
–63,5 kg, Ruslan Abdullayev — Uatt Senford (Kanada)
1/8 final
–50 kg, Sabina Boboqulova — Raksat Çutamat (Tailand)
–66 kg, Navbahor Hamidova — Morelle MakKeyn (AQŞ)
1/4 final
–92 kg, Lazizbek Mullajonov — Keno Marley Maçado (Braziliya)
2 avgust
1/8 final
–57 kg, Sitora Turdibekova — Lin Yu Ting (Taypey)
1/4 final
+90 kg, Bahodir Jalolov — Teremoana Teremoana (Avstraliya)
–51 kg, Hasanboy Dösmatov — Saken Bibossinov (Qozoğiston)
–80 kg, Törabek Habibullayev — Arlen Lopes (Kuba)
3 avgust
1/4 final
–57 kg, Abdumalik Halokov — Hose Kuiles Brotons (Ispaniya)
–71 kg, Asadxöja Möydinxöjayev — Nikolay Tertenyan (Daniya).













