«Biznesni rivojlantiriş banki» ATB Jahon bankining «Özbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qiliş» (MUNIS) loyihasi bilan hamkorlikda kiçik va örta biznes sub’yektlari uçun grantlar ajratiş loyihasini e’lon qilgan edi. Hozirda mazkur loyiha doirasida taşabbuskorlardan arizalar qabuli qizğin davom etmoqda.

Kuni keça Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida ötkazilgan brifingda bank Axborot xizmati rahbari Şuhrat Oripov loyihaning şartlari va imkoniyatlari haqida jamoatçilikka axborot berdi. Brifingda «Biznesni rivojlantiriş banki» ATB kiçik va örta biznes sohasida faoliyat yurituvçi korxonalarning innovatsion salohiyatini oşiriş, içki, mintaqaviy va jahon bozorlarida öz imkoniyatlarini takomillaştiriş uçun yangi yoki takomillaştirilgan mahsulotlar, xizmatlar va jarayonlarni işlab çiqişga qaratilgan loyihalarni moliyalaştirişni yölga qöyayotgani ta’kidlandi.

Şuningdek, yangi loyiha haqida batafsil axborot beriş maqsadida, bankda Jahon bankining xalqaro ekspertlari va tadbirkorlar iştirokida seminar ötkazildi. Unda loyihaning asosiy talablari va tanlab oliş bosqiçlari haqida qiziquvçilarga keng tuşuntiriş berildi.

«Özbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qiliş» loyihasi doirasida mikro, kiçik va örta biznes vakillarining innovatsion taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş maqsadida taşabbuskorlarning loyihalari uçun grantlar ajratiladi.
Grant miqdori: har bir loyiha uçun 50 000 AQŞ dollarini taşkil etadi.
Loyihani amalga oşiriş: Özbekiston Respublikasi hududida 12 oygaça.
Grant quyidagi sohalar böyiça ajratilişi rejalaştirilgan:
= Agro-oziq-ovqat texnologiyalari.
= Tibbiyot va tibbiy texnologiyalar.
= Yangi materiallar va kimyoviy texnologiyalar.
= Konçilik va metallurgiya sanoati.













