Moldovada parlament kotibiyati xodimi va çegara politsiyasi xodimi qölga olindi, deb xabar qildi 31 iyul, çorşanba kuni Korrupsiyaga qarşi kuraş va maxsus işlar prokuraturasi (PCCOCS). Uşlaşlar jinoiy tergov doirasida 30 iyul kuni keçqurun amalga oşirilgan. 31 iyul kuni ertalab PCCOCS hamda Axborot va xavfsizlik xizmati xodimlari parlamentning yuridik bölimida tintuv ötkazdi.

Departament ma’lumotlariga köra, parlament xodimi «2023 yildan boşlab» «Moldova Respublikasi manfaatlariga qarşi işlatilişi mumkin bölgan ma’lumotlarni töplagan va elçixona xodimiga bergani» uçun davlatga xiyonatda gumon qilinmoqda. Kişinyov aeroportida işlagan çegaraçi Moldovaga qarşi fitna uyuştirganlikda gumon qilinmoqda. Prokuratura ma’lumotlariga köra, u «ma’lumot töplaş va unga yetkaziş maqsadida elçixona xodimi bilan aloqada bölgan». Xabarda gap qaysi elçixona haqida ketayotgani aytilmagan.

OAV: Ma’lumotlar Rossiya elçixonasiga uzatilgan

«Interfaks» agentligi Moldova OAVga tayanib, har ikki amaldor Rossiyaning Moldovadagi harbiy attaşesi örinbosari bilan uçraşganini da’vo qilmoqda. Parlament xodimi masalasida gap davlatga xiyonat işi böyiça tergov qilinayotgan Ione Kryange haqida ketmoqda.

Rossiyaning Moldovadagi elçixonasi qölga olişlarni «Moldovada sun’iy ravişda qamçilangan aksilrossiya kayfiyatining yana bir körinişi» deb baholadi. Bu haqda çorşanba kuni keçqurun uning saytida çop etilgan şarhda aytiladi.