AQŞ prezidenti ma’muriyati Oq uyning Oval kabinetida olingan videoni namoyiş etdi. Unda Rossiyadan ozod etilgan, AQŞ fuqaroligi yoki Amerika grin-kartasiga ega bölganlarning Jo Bayden va öz yaqinlari bilan telefon orqali muloqoti aks etgan.

Videoyozuvda jurnalistlar Evan Gerşkoviç va Alsu Kurmaşeva, sobiq dengiz piyodasi Pol Uilan (barçasi — AQŞ fuqarolari), şuningdek rossiyalik muxolif siyosatçi Vladimir Kara-Murza (unda grin-karta bor)ning ovozlari eşitilgan. Bu muloqot vaqtida ular hali AQŞ tomon uçayotgan samolyotda bölgan.

Öz oila a’zolari bilan suhbat çoğida Kara-Murza röy berayotgan voqealarga işona olmayotganini aytgan.

«Men şunçaki munosib sözlarni topa olmayapman, qamoqxonada ölişimga amin edim. Bölayotgan işlarga işona olmayapman. Xuddi sening ovozingni eşitmasdan, hamon Omskda kameramda uxlayotgandekman», — degan öz qiziga Vladimir Kara-Murza.

U şuningdek prezident Baydenga murojaat qilgan: «Aytişni istardimki, siz katta işni bajardingiz, juda köp odamlar hayotini qutqardingiz. Menimça, bu samolyotda 16 kişimiz. <...> Men şunçaki aytişni istardimki, bu dunyoda insonlar hayotini qutqarişdan muhimroq işlar bor deb öylamayman».

Ozod etilganidan keyin Vladimir Kara-Murza qayerga yuborilgani oxirigaça ma’lum emas. Oldinroq Oq uy e’lon qilgan boşqa bir videoyozuvda Merilendga qöngan samolyotdan faqat Amerika fuqarolari Evan Gerşkoviç, Alsu Kurmaşeva va Pol Uilan tuşib kelgani aks etgandi.

  • Rossiya va Ğarb mamlakatlari 1 avgust kuni keng kölamli mahbuslar almaşuvini ötkazdi. Rossiya Germaniya va AQŞga ularning fuqarolarini, şuningdek siyosiy moddalar bilan qamalgan rossiyalik muxolifatçilarni topşirdi. Buning evaziga Ğarb Rossiyaga RFning sakkiz fuqarosini qaytardi, ular qotillik, josuslik va kompyuter tarmoqlarini buziş kabi jinoyatlar uçun qamalgandi.