Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça muzokaralarga «oçiq» ekanini aytdi.
Şu bilan birga, u Ukraina rasmiylariga işonmasligini va Rossiya iştirokidagi Tinçlik sammiti tayyorlanmayotganini ta’kidladi.
Uning sözlariga köra, Rossiya yetakçisi Vladimir Putin Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça muzokaralarga oçiqligini «qayta-qayta e’lon qilgan».
Peskov Ukraina rasmiylari bilan «suhbatlaşişga» tayyorligini bildirdi, biroq Kremlga köra, ularga «işonib bölmaydi».
«Rossiya muzokaralar haqidagi tuşunarsiz munozaralarni körmoqda, ularga aniqlik kiritilmayapti», dedi Peskov.
Rossiyaning ikkinçi tinçlik sammitida iştirok etiş ğoyasini izohlar ekan, Peskov «hali Rossiya iştirokidagi sammit tayyorlanmayotganini» ta’kidladi. Uning sözlariga köra, Rossiya bölajak sammitda özini qiziqtirgan masalalar muhokama qilinişiga hali kafolat olmagan.
«Ha, Rossiyani keyingi tadbirga taklif qiliiş haqida sözlar yangramoqda. Bilasizmi, tadbirda şunçaki iştirok etilmaydi. Tadbirda aniq kun tartibini muhokama qiliş uçun iştirok etiladi. Hozirça bizga mos keladigan kun tartibi heç qayerda aytilmagan», dedi Peskov.
Avvalroq, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy agar dunyo muzokaralar stolida Rossiyani körişni istasa, Ukraina bunga qarşi böla olmasligini aytgan edi.








