Qatar poytaxtida Falastinning HAMAS harakati Siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniyaning dafn marosimi bölib ötdi. U Doha çekkasida joylaşgan Lusayl qabristoniga dafn etildi.
Avvalroq siyosatçining tobuti Qatarning Buyuk Davlat masjidiga qöyilgan edi. U yerda janoza namozi öqildi. Dafn marosimi minglab odamlarni jalb qildi.
Marosimda Qatar amiri, boş vazir, Eron prezidentining birinçi örinbosari, Turkiya taşqi işlar vaziri va boşqa yuqori martabali amaldorlar iştirok etdi. Motam marosimida HAMAS rahbariyati a’zolari, jumladan, marhumning ehtimoliy vorisi deb atalgan Xolid Mişal ham iştirok etdi.



Haniya sönggi yillarda HAMAS harakatining siyosiy idorasi joylaşgan Qatar poytaxtida yaşab kelgan.
Motam marosimlari Indoneziya, Livan, Malayziya, Pokiston, Turkiya va Yamandagi husiylar nazoratidagi hududlarda ham bölib ötdi. Marosimdan bir kun oldin xayrlaşuv marosimi Tehronda bölib ötgan edi.
31 iyul kuni Falastinning HAMAS harakati öz Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya vafot etganini e’lon qildi. OAV ma’lumotlariga köra, Haniya Tehronda bölgan paytida portlovçi qurilma işga tuşirilişi oqibatida halok bölgan. HAMAS Haniyaning ölimi uçun qasos olişga va’da berdi. Haniyaning Eronda öldirilişi Tehron va Isroil örtasidagi ziddiyatning kuçayişiga olib keldi.













