+92 vaznda Olimpiadada iştirok etayotgan özbekistonlik boksçi çorakfinaldagi bahsini avstraliyalik Teremoana Juniorga qarşi ötkazib, ğalabaga erişdi. Hakamlar uç raund yakuniga köra, Jalolovning ustunligini qayd etişdi.
Şu tariqa, Bahodir Jalolov turnirda medalni naqd qildi.
Jalolov turnirdagi iştirokini 29 iyul kuni norvegiyalik Oman Şihani mağlub etiş bilan boşlagandi.
Endi u 7 avgust kuni germaniyalik Nelviye Tiafakka qarşi final yöllanmasi uçun jang qiladi.
Kuni keça -92 vazn toifasidagi Lazizbek Mullajonov ham yarimfinalga çiqib, medalni naqd qilgandi, Ruslan Abdullayev esa çorakfinalda mağlub bölgandi.
Bugun keçki dasturda Hasanboy Dösmatov va Törabek Habibullayev ham öz bahsini ötkazadi.
Özbekistonlik qolgan boksçilarning çorakfinaldagi bahslari röyxati:
Parij-2024. Boks. Erkaklar. 1/4 final
2 avgust:
00:20. -51 kg: Hasanboy Dösmatov - Saken Bibossinov (Qozoğiston)
00:50. -80 kg: Törabek Habibullayev - Arlen Lopez Kardona (Kuba)
3 avgust:
-57 kg: Abdumalik Xalokov - Xose Kuiles Brotons (Ispaniya)
-71 kg: Asadxöja Möydinxöjayev - Nikolay Terteryan (Daniya).
Eslatib ötamiz, ayollar örtasidagi bahslarda Sitora Turdibekova, Nigina Öktamova va Sabina Boboqulova turnirni tark etgandi. Navbahor Hamidova çorakfinaldagi bahsini 3 avgust kuni ötkazadi.













