Rossiya Federatsiya Kengaşi iş beruvçilarning harbiy xizmatga çaqiriluvçilar elektron reyestri orqali ma’lumot almaşinuviga oid qonunni ma’qulladi, deb xabar beradi «TASS». «Harbiy majburiyat va harbiy xizmat töğrisida»gi qonunga özgartirişlar kiritilmoqda.
Amaldagi qonunçilikka köra, işçini harbiy röyxatga qöyişga mas’ul taşkilotlarning rahbarlari va boşqa mansabdorlari harbiy hisobni yuritiş uçun «voyenkomat»larga harbiy xizmatga majbur bölgan xodimlar töğrisidagi ma’lumotlarni kiritilgan özgartirişdan boşlab beş kun içida yuborişi kerak.
Endi bunday turdagi ma’lumotlarni almaşişda ular harbiy hisobni yuritiş reyestridan foydalanadi. Şuningdek, taşkilotlar rahbarlari reyestr yordamida harbiy röyxatga turişdan boş tortgan fuqarolar töğrisida ma’lumotlarni ham jönata oladi.
Aprel oxirlarida Rossiyada «Harbiy xizmatga majbur fuqarolar töğrisidagi ma’lumotlarning yagona reyestri» 31 oktabr kuni işga tuşişi aytilgan edi, Rossiya Mudofaa vazirligi 1 noyabrdan elektron çaqiriq qoğozlarini yuborişni boşlaydi.
Yagona reyestrda harbiy röyxatga olinadigan fuqarolar töğrisidagi barça ma’lumotlar, şu jumladan, çaqiruv qoğozi topşirilganligi töğrisidagi ma’lumotlar böladi. Mudofaa vazirligidan taşqari undan IIV, Federal xavfsizlik xizmati, Federal soliq xizmati va boşqa idoralar foydalana oladi. Çaqiriq qoğozi reyestrda e’lon qilinganidan yetti kun ötib, topşirilgan hisoblanadi. Xizmatga çaqiriluvçilar çaqiriqqa oid xabarnomalar bilan şaxsiy kabinetlari yoki «Davlat xizmatlari» orqali tanişişi mumkin böladi.
Çaqiriq qoğozi yuborilişi bilan harbiy xizmatga majbur fuqaroning mamlakatdan çiqişiga avtomatik ravişda taqiq qöyiladi. Çaqiriluvçi 20 kun içida «voyenkomat»ga kelmasa, unga xorijga çiqiş pasportini rasmiylaştiriş, köçmas mulk bilan boğliq bitimlarni tuziş va özini özi band qiliş taqiqlanadi.












