Turkiyada texnologiya va kommunikatsiyalar kengaşi qarori bilan 2 avgust kuni ertalab Instagram ijtimoiy tarmoğiga kiriş bloklandi. Bloklaşning sabablari va muddati körsatilmagan.
Birgün gazetasining yozişiça, Eronda HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning öldirilişi munosabati bilan bildirilgan ta’ziyalar Instagram tomonidan bloklangan. Ijtimoiy tarmoqqa kirişning çeklanişi şu bilan boğliq bölişi mumkin.
Transport va infratuzilma vaziri örinbosari Ömer Fotih Sayan ijtimoiy tarmoqning bloklanişiga munosabat bildirdi.
«Ğarb mamlakatlariga kelsak, ijtimoiy tarmoq [Instagram] köplab masalalar, xususan, jinoyatlar böyiça tezkor çoralar körmoqda. Bizga nisbatan ham şunday sezgirlik va adolatli pozitsiyani talab qilamiz... Biz ularga yurtimizda vakolatxona oçişni taklif qildik, xalqimiz haq-huquqlari buzilişining oldini olaylik, dedik. Ular kelişni xohlamadi. Ularga bildirilgan jinoyatlar yuzasidan zarur çoralar körilmadi... Ular: «Bilganimni öqiyman, xohlaganimni naşr qilaman, xohlamasam naşr etmayman», deydi. Biz buni qabul qilmadik va qabul qilmaymiz. Biz qadriyatlarimizni hurmat qiladigan va notöğri ma’lumotlardan xoli yanada toza, xavfsizroq ijtimoiy tarmoqlar yaratiş uçun qölimizdan kelganini qilamiz», dedi u.
31 iyul kuni Turkiya prezidenti administratsiyasi kommunikatsiyalar boşqarmasi rahbari Fahrettin Altun HAMAS Siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniyaning vafoti munosabati bilan bildirgan hamdardlik posti Instagram tomonidan öçirilganini ma’lum qildi.
«Instagram ijtimoiy media platformasini postni heç qanday asossiz çop etişga ruxsat bermagani uçun keskin qoralayman. Bu senzurani joriy qilişga juda aniq va ravşan urinişdir», deb yozdi u.
CNBC-e telekanaliga köra, Texnologiyalar kengaşi ijtimoiy tarmoqlar işini çeklaş uçun öz vakolatlaridan foydalanişga haqli, biroq uning qarori 24-48 soat içida sudlar tomonidan tasdiqlanişi kerak. Instagram bilan boğliq hukm Anqara sudi tomonidan 2 avgust kuni e’lon qilinişi kutilmoqda.
Hozir Turkiyada maşhur resursga kompyuter va mobil qurilmalar orqali kiriş imkoni yöq. Köpgina foydalanuvçilar VPN yoki boşqa muqobil yöllar bilan ijtimoiy tarmoqdan foydalanişga urinmoqda.
Qayd qilinişiça, 85 million aholiga ega Turkiyada Instagram foydalanuvçilari soni 50 milliondan oşadi.












