Bugun, 4 avgust kuni AQŞning Los-Anjyeles şahridagi 22 ming tomoşabin siğimiga ega «BMO Stadium» arenasida boks keçasining markaziy jangida super yarim örta vazn toifasida WBA yönalişi çempioni Isroil Madrimov va amerikalik Terens Krouford töqnaş keldi.

Uşbu bahsda özbekistonlik 29 yoşli boksçi öziga tegişli WBA kamarini himoya qilişi lozim edi, birinçi örta vaznda egasiz bölib turgan WBO Interim kamari ham örtaga qöyilgandi.

36 yoşli Terens Krouford jang oldidan «Pound-for-pound» reytingi yetakçisi hisoblanardi. U prof boksda jami 40 ta jangida 40 ta ğalabaga erişgan edi. Yengilmas Krouford taxallusini olgan çarm qölqop ustasi mutlaq jahon çempioni, WBC va WBA kamarlari egasi sanalardi.

Isroil Madrimov esa super yarim örta vazn toifasida WBA kamari sohibi sanalib, professional boksdagi 10 ta jangidan 9 tasida ğalabaga erişgan, faqat bitta jangda durang qayd etgan. 7 ta jangni nokaut bilan yakunlagan. U 8 mart kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod şahrida rossiyalik Magomed Kurbanovni 5-raundda nokautga uçratib, WBA kamarini qölga kiritgandi.

Jangning dastlabki 5 ta raundidan keyin mustaqil tahlilçilar Isroilning oçkolar böyiça 3:2 hisobidagi ustunligini qayd etgan bölsa, 6-raunddan boşlab Krouford raundlarni öz foydasiga hal qila boşladi. Şunga qaramay, Madrimov 12 raund davomida raqibi bilan tengma-teng jang olib borib, bir qator aniq va kuçli zarbalar yölladi. Ammo hakamlar qaroriga köra, ustunlik mezbon boksçiga berildi (116–112, 115–113, 115–113) va u oçkolar böyiça ğalaba qozondi.

Şu tariqa, Madrimov 11-jangiga kelib ilk mağlubiyatga uçradi, Terens esa 41-jangida ham ğalaba qozondi va 4 ta vazn toifasida jahon çempioniga aylandi.