Telegramdan soxta havola yuborib, özganing 27 mln söm pulini özlaştirgan şaxs uşlandi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, Toşkent şahrida yaşovçi M.O. IIBga murojaat qilib, bank kartasidan 27 mln söm pul noma’lum şaxs tomonidan özlaştirilganini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bölinmalari xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Surxondaryo viloyatida yaşovçi 34 yoşli J.G. sodir etgani aniqlandi.
Unga köra, J.G. internet foydalanuvçilariga Telegram orqali yolğon e’lonlar ostida soxta dastur, havola jönatib kelgan. Jabrlanuvçi M.O. bu e’lonlarga işongan va havolani yuklab olgan.
Şundan söng J.G. jabrlanuvçining bank karta ma’lumotlarini qölga kiritib, uning hisobidagi 27 mln söm pullarini özining bank kartasiga ötkazib olgan va ehtiyojlari uçun sarflab yuborgan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan J.G.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Ma’lumot uçun, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi ”b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan şaxslarga 5 yildan 8 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilangan.











