Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi ikkinçi köngillining miyasiga falaj bölgan odamlarga raqamli qurilmalardan öz aqli bilan foydalaniş imkonini beradigan kompyuter aloqa moslamasini muvaffaqiyatli joylaştirdi. Gap orqa miyasi şikastlangan bemor haqida ketmoqda, deb xabar berdi Reuters 4 avgust, yakşanba kuni Maskning bayonotiga tayanib. 

Uşbu ma’lumotlarga köra, implantatsiya qilingan neyroçipdagi 400 ta elektrod işlamoqda. Neuralink saytining xabar berişiça, çip 1024 elektroddan foydalanadi. 

Implantatsiya qilingan qurilma eşitiş vositasi kabi quloq orqasiga biriktirilgan qabul qiluvçi kapsuladir. Ipga öxşaş elektrodlar kapsuladan miyaga ötadi. Umuman olganda, miyaga 1500 tagaça elektrod joylaştiriladi, ularning har biri inson soçidan tört barobar yupqaroqdir. Bitta 4x4 mm protsessor 10 ming elektroddan olingan ma’lumotlarni qayta işlaydi. 

Birinçi çip yanvar oyida implantatsiya qilingan

2024 yil yanvar oyi oxirida dayving paytidagi baxtsiz hodisa tufayli yelkasidan pasti şol bölib qolgan odamga miya çipi örnatildi. U video öyinlar va şaxmat öynaşi, öz fikrlari bilan harakatlar qilişi, internetdan foydalanişi, ijtimoiy tarmoqlarda postlar çop etişi mumkin edi.

Operatsiyadan bir oy ötgaç, işlab çiquvçilar qurilmadagi nosozliklarni payqaşdi. The Wall Street Journal (WSJ) ma’lumotlariga köra, çipning ipga öxşaş elektrodlari aksariyati siljigan va signallarni öqişni töxtatgan. Şundan söng Neuralink muammo takrorlanmasligi uçun çipni ikkinçi köngillining miyasiga çuqurroq joylaştiriş niyatida ekanligini ma’lum qildi. May oyida kompaniya AQŞ oziq-ovqat va farmatsevtika idorasidan çipni ikkinçi köngilliga implantatsiya qiliş uçun ruxsat oldi. 

2024 yil oxirigaça Neuralink qurilmalarni 10 nafar köngilliga implantatsiya qilişni, şuningdek, Kanada va Britaniyada öz çiplari bilan sinovlar ötkaziş uçun ariza topşirişni kutmoqda, deb yozadi WSJ.