Uçraşuvni boşqarib borayotgan özbekistonlik Ilgiz Tantaşev 14-daqiqada ispaniyalik futbolçining unga kelib töqnaşganidan keyin öyinni davom ettira olmasligi ma’lum böldi. Jarohat olgan boş hakam örnini zaxiradagi hakam Glenn Nyuberg egalladi.

37-daqiqada Nyuberg VARga murojaat qilib, ispanlar darvozasiga penalti belgilagaç, marokaşliklar hujumçisi Rahimiy hisobni oçdi.

Qayd etiş joiz, Ilgiz Tantaşev maydonni tark etgaç, Nyuberg örniga zaxira hakami sifatida işladi. Qanotlarda ham özbekistonlik Andrey Tsapenko va Timur Gaynullin faoliyat yuritmoqda.

Eslatib ötamiz, Temur Kapadze boşçiligidagi Özbekiston olimpiya jamoasi turnirning 1-turida Ispaniyaga mağlub bölgandi – 1:2.