Özbekistonlik FIFA hakami Ilgiz Tantaşev boşçiligidagi hakamlar brigadasi futbol böyiça jahon çempionatining 1/8 final bosqiçidan örin olgan Paragvay – Fransiya uçraşuviga tayinlandi.
Ilgiz Tantaşevga qanot hakamlari Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam beradi.
Uçraşuv 5 iyul kuni soat 02:00 da AQŞning Filadelfiya şahrida bölib ötadi.
Mazkur bahs AQŞ mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan ötkaziladigan tantanalarga töğri kelayotgani bois stadionga mamlakatning yuqori martabali davlat amaldorlari ham taşrif buyurişi kutilmoqda.
Avvalroq özbekistonlik hakamlar guruhi Şotlandiya — Marokaş öyinini boşqargandi.













