Washington Post (WP) gazetasining da’vo qilişiça, Isroil Oq uyga Hamas siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniyaning öldirilişi uçun javobgar ekanligini ma’lum qilgan.

Gazetaning Oq uyga yaqin manbalariga tayanib yozişiça, parda ortida AQŞ va Isroil örtasidagi ziddiyat kuçayib bormoqda. Oq uy rasmiylari Haniyaning öldirilişini «Ğazoda öt oçişni töxtatiş uçun bir neça oy davom etgan izlanişlaridagi muvaffaqiyatsizlik» sifatida baholamoqda.

Haniya Eronda öldirilganidan söng, Isroil Oq uyga özining qotillik uçun javobgar ekanligini aytdi va Tel-Aviv qotillik haqida qöşimça izoh berişdan boş tortdi.

Oq uy rasmiylari Haniyaning öldirilişiga «hayrat va ğazab» bilan munosabat bildirdi.

Uşbu masala böyiça muzokaralar mazmuni bilan taniş bölgan AQŞ rasmiylari «(Jo) Bayden Isroilni tiyib turiş uçun harbiy yordamni çeklaşga tayyorligiga heç qanday dalil yöqligi»ni aytişgan.

Xabarda, şuningdek, ismi oşkor etilmagan bir neça yuqori martabali AQŞ rasmiylarining «Isroilning «Hizbulloh» yetakçilari va Eron qömondonlariga AQŞni ogohlantirmasdan hujum qilişi Bayden va ba’zi rasmiylarni ğazablantirgani» haqidagi sözlari keltirilgan.

31 iyul kuni Tehronda Eronning yangi prezidenti Mas’ud Pizişkiyonning inauguratsiya marosimida iştirok etiş uçun Tehronda kelgan Haniya portlaş qurboni bölgandi. Eron va Hamas bu qotillikda Isroilni ayblagan.