Maktablarda yangi öquv yili boşlanişiga oz qoldi. Hozirda ota-onalar farzandlari uçun maktab bozori qilişda davom etyapti. Şundan kelib çiqib Soğliqni saqlaş vazirligi bolalar uçun qanday sumka tanlaş va undan qanday foydalanişga oid qator tavsiyalari bilan bölişdi.

Respublika bolalar ortopediya markazi direktori Akbar Tilyakovga köra, notöğri tanlangan va foydalanilgan ryukzaklar maktab yoşidagi bolalarning umurtqa poğonasi hamda muşaklari uçun ortiqça yuklamani keltirib çiqaradi. Bu holat esa kelgusida skolioz kabi kasalliklarning rivojlaniş xavfini oşirişi mumkin.

Mutaxassis bularning oldini oliş uçun 7 ta muhim jihatga e’tibor qaratiş lozimligini aytgan.

Birinçidan, maktab sumkasi bolaning orqa qismiga qulay joylaşadigan ölçamda, tasmalari yelka qismiga botmaydigan, keng va yumşoq yostiqçali qoplamalar bilan ta’minlangan bölişi lozim.

Ikkinçidan, sumka matosi suv ötkazmaydigan, orqa astari esa yupqa bölmasligi kerak. Aks holda, sumka içidagi qattiq buyumlar, kitoblar jildining burçaklari kuraklar hamda bel sohasida oğriq va jarohatlarni keltirib çiqariş xavfi bor.

Uçinçidan, ryukzaklarni ikki yelkaga baravar osiş tavsiya etiladi. Bu oğirlikning tana böylab muvozanatli taqsimlanişiga xizmat qiladi va umurtqa poğonasi egriligi bilan boğliq patologiyalar kelib çiqişidan asraydi.

Törtinçidan, maktab sumkasi beldan pastga tuşmagan holatda, lekin undan 5 santimetrdan kam bölmagan uzunlikda taqib yurilişi maqsadga muvofiq.

Beşinçidan, ryukzakning umumiy oğirligi bola vaznining 10-15 foizidan oşmasligi kerak. Bu me’yor kiçik yoşdagi öquvçilar uçun taxminan 3-5 kilogramm, örta sinfdagi bolajonlar uçun 6-8 kilogrammga teng.

Oltinçidan, sumkaga öquv qurollari va jihozlarini joylaştiriş ham muhim jarayon. Jumladan, oğir narsalar ryukzak örtasiga, yengillari har ikki tomoniga muvozanatli solingani ma’qul.

Yettinçidan, katta hajmdagi, oğir va noqulay ryukzaklardan foydalaniş bolajonlarning zinapoya va yölaklarda yiqiliş xavfini oşiradi.

Eslatib ötamiz, prezidentning tegişli farmoni bilan mustaqillik bayramida ketma-ket 4 kun dam olinadi. Şunga muvofiq, 2024/2025 öquv yili 4 sentabrdan boşlanadi.