Navbatdagi Maslahat uçraşuvi doirasida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga mintaqa davlatlari örtasidagi döstlik, qöşniçilik va özaro anglaşuvni rivojlantirişdagi alohida xizmatlari uçun Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Faxriy nişonini tantanali topşiriş marosimi bölib ötdi.

Davlat rahbari Markaziy Osiyo yetakçilariga minnatdorlik bildirib, uşbu yuksak mukofot mamlakatlarimizning mintaqaviy hamkorlik va strategik şeriklikni mustahkamlaşdagi umumiy yutuqlarining e’tirofi ekanini ta’kidladi.

- Siyosiy iroda va birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz tufayli bugun Markaziy Osiyo qöşniçilik, özaro manfaatli hamkorlik va barqaror taraqqiyot makoniga aylanmoqda, - dedi Şavkat Mirziyoyev öz nutqida.

Muvofiqlaştirilgan faoliyat natijasida tovar ayirboşlaş va investitsiyalar hajmi bir neça barobar köpaydi, keng kölamli hamkorlik loyihalari amalga oşirilmoqda, çegaraoldi savdo hududlari, qöşilgan qiymat zanjirlari, zamonaviy transport va energetika infratuzilmasi barpo etilmoqda.

Birdamlik va mintaqaviy öziga xoslik tuyğusi tobora mustahkamlanib bormoqda. Eng muhimi, uşbu ijobiy özgarişlarni mintaqa mamlakatlari fuqarolari öz kundalik hayotida his qilmoqda.

Xalqaro sub’yektlikning mustahkamlanişi va mintaqaning yuqori jozibadorligi tufayli Markaziy Osiyo iqtisodiy faollik markaziga, Şarq va Ğarb, Şimol va Janubni boğlovçi transport-kommunikatsiya köprigiga aylanayotgani qayd etildi.

Davlat rahbari muhim taşabbus va qarorlarning tizimli ravişda amalga oşirilişi natijasida mintaqa mamlakatlarining yaqinlaşuv jarayoni barqaror, izçil va ortga qaytmas tus olganini alohida ta’kidladi.

Yakunda Şavkat Mirziyoyev yetakçilarga yuksak mukofot uçun yana bir bor minnatdorlik bildirib, Markaziy Osiyoni tinç va farovon hududga aylantiriş Özbekiston taşqi siyosatining ustuvor maqsadi bölib qolişini ta’kidladi.