Qayd etilişiça, turizm sektori mintaqaviy hamkorlikning yangi drayveriga aylanib bormoqda. Mamlakatlardagi içki mintaqaviy turistik oqim uluşi sönggi yillarda sezilarli darajada oşdi.

Kelgusi oyda köhna Xiva şahrida mintaqa mamlakatlarining navbatdagi Parlamentlararo forumini ötkaziş rejalaştirilgan.

Prezident mintaqa xalqlarining özaro bir-birini tuşunişi va birdamligini yanada mustahkamlaş maqsadida mintaqaviy öziga xoslikni şakllantirişning amaliy jihatlariga bağişlangan ilmiy forum ötkazişni taklif qildi.

“Markaziy Osiyo yoşlar kun tartibi – 2030”ni ilgari suriş va yoş avlodni hamkorlik dasturlariga jalb qiliş uçun doimiy ravişda Innovatsion ğoyalar va loyihalar mintaqaviy yoşlar tanlovini ötkaziş taklif etildi.

Markaziy Osiyo ta’lim va akademik almaşuv dasturini qabul qiliş va mamlakatlardagi yetakçi oliy öquv yurtlarining diplomlarini özaro tan oliş töğrisida ham bitim işlab çiqilişi mumkin.

Şuningdek, mintaqa davlatlarining iqtidorli talabalari öqişi uçun özaro kelişuvlar asosida stipendiyalar ajratiş taklif qilindi.

Uşbu loyihalarni batafsil muhokama qiliş uçun Toşkent şahrida oktyabr oyida Markaziy Osiyo birinçi ta’lim forumi ötkaziladi.