Xitoyda tibbiy protezlar tayyorlaş uçun krematoriy va tibbiyot laboratoriyalaridan murdalarni öğirlaş bilan şuğullanib kelgan jinoiy guruh foş etildi. Qölga olingunga qadar jinoyatçilar 4 mingga yaqin murdani öğirlab, uşbu noqonuniy biznes orqali 53 million dollarga yaqin pul işlaşga ulgurgan, deb yozadi SCMP.
Beijing Brave Lawers yuridik firmasi yuristining sözlariga köra, ayni vaqtda Şensi viloyatining şimoliy poytaxti — Tayyuan şahri politsiyasi murdalarning öğirlanişiga boğliq jinoyatni tergov qilmoqda. Murdalar suyaklaridan allogen suyak transplantatlarini tayyorlaşda foydalanilgan, öz navbatida ular tişlar, suyak va böğimlarni davolaşda işlatiladi. Ta’kidlanişiça, Shanxi Aorui Biomaterials kompaniyasi Siçuan va Şandun viloyatlari, şuningdek, Guansi-Zhuang avtonom tumanidan murdalar va ularning qöl-oyoqlarini noqonuniy sotib olib kelgan.
Tayyuan prokuraturasi vakillari rostdan ham tergov işlari olib borilayotganini ma’lum qilib, jinoiy guruh «foyda köriş maqsadida murdalarni öğirlaş va sotiş bilan şuğullanganini» tasdiqlagan. Şu bilan birga, idora vaziyat böyiça batafsil ma’lumot berişdan boş tortgan.
Mavjud ma’lumotlarga köra, politsiya Shanxi Aorui Biomaterials’da tintuv ötkazganida 18 tonnadan ortiq suyaklar va 34 mingdan ortiq yarimtayyor hamda tayyor mahsulotlarini aşyoviy dalil sifatida olgan. Şuningdek, kompaniya direktori Xitoyning törtta viloyatidagi krematoriylardan 4 mingdan ortiq inson jasadlarini öğirlaganini tan olgan. Tergov davomida jami 75 nafar gumonlanuvçi qölga olingan.
Ötgan yilning yanvarida AQŞdagi Sunset Mesa dafn qiliş byurosi egalari 46 yoşli Megan Xess hamda uning 69 yoşli onasi Şirli Kox ölgan insonlar organlarini sotganlikda ayblanib, mos ravişda 20 va 15 yil muddatda ozodlikda etilgandi. Tergov versiyasiga köra, ular bir neça yuz jasadni marhumlarning yaqinlari roziligisiz sotib yuborgan.











