Xitoyning Pinduoduo marketpleysi va uning Temu şu’ba korxonasi asosçisi Kolin (Çjyen) Huang Xitoyning eng boy odami sifatida tan olindi. Buni Bloomberg Billionaires Index (BBI) ma’lumotlari tasdiqlamoqda. Uning boyligi 2024 yil 9 avgust holatiga köra, 48,6 milliard dollarga baholangan.
Bungaça, uç yildan ortiq vaqt davomida Xitoyning eng boy odami maqomi «suv qiroli» Çjung Şanşanga tegişli edi. Tadbirkor Nongfu Spring şişali suvni sotiş orqali katta daromad topgan. Hozir u ikkinçi öringa tuşdi, uning aktivlari 47,4 milliard dollarga baholanmoqda.
Dunyoning eng boy odamlari reytingida 44 yoşli Huang 25-örinni egallagan. U avval Google korporatsiyasida işlagan. 2015 yilda Pinduoduo marketpleysiga asos solib, qisqa vaqt içida uni elektron tijoratdagi eng muvaffaqiyatli loyihalardan biriga aylantirgan.
Bloomberg ta’kidlaganidek, Huang «Kovid milliarderlari» deb ataladigan toifaga kiradi. Uning boyligi global pandemiya boşida köpayib, keyin juda tez kamaydi. 2021 yil boşida Huang 71,5 milliard dollar davlatga ega edi, bir yildan söng uning boyligi 87 foizga qisqardi. Ammo boşqa köplab «Kovid milliarderlari»dan farqli ölaroq, Huang yana kötarilişga muvaffaq böldi. 2022 yilda u Xitoydan taşqarida biznes boşlab, Temu bozoriga asos soldi.












