Afina şimolida katta yonğin davom etmoqda: tutun kötarilib, yonğindan 30 kilometr janubda joylaşgan Gretsiya poytaxtiga yetib borgan. Gretsiyaning bir qança qişloq va şaharlari allaqaçon evakuatsiya qilingan. 11 avgust, yakşanba kuni keçqurun Gretsiya televideniyesi xabar berişiça, yuzlab mahalliy aholi öt öçiriş maşinasi va politsiya tomonidan xavfsiz joyga olib ketildi.
Gretsiya OAV binolarning vayronagarçiliklari yoki şikastlanişi haqida ma’lumot bermagan holda, köplab yonğin hididan jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilganini bildirdi. Şu bilan birga, televideniye muxbirlari önlab uylar yonayotganini körganliklarini ma’lum qilişdi. Ba’zilarida odamlar olov yaqinlaşayotganiga qaramay, uylarini tark etişdan boş tortgan va öz mulklarini boğ şlanglari bilan saqlab qolişga harakat qilgan, deya xabar beradi OAV.
«Olov balandligi 25 metrdan oşadi», - deya AFP öt öçiriş brigadasi vakilining Gretsiya radiosiga bergan bayonotini keltirgan. Uning sözlariga köra, quyoş botgunga qadar 29 ta öt öçiriş samolyoti va vertolyotlari işga tuşirilgan, yonğinni öçirişga 110 ta texnikada bir neça yuz nafar öt öçiruvçi va köplab köngillilar jalb etilgan. Xabar qilinişiça, dastlab turistik joylar xavf ostida bölmagan.
Gretsiyada yonğin xavfi haqida ogohlantiriş berilgan
Meteorologlar dam oliş kunlari qurğoqçilik va Egey dengizidagi kuçli şamollar bir neça daqiqa içida kiçik yonğinni katta yonğinga aylantirişi mumkinligi haqida ogohlantirgan, deb yozadi AFP. Biroq yirik yonğin sabablari hozirça noma’lumligiça qolmoqda.
Mamlakat fuqaro mudofaasi xizmati vakillarining sözlariga köra, yaqin kunlarda vaziyat öta xavfli bölib qoladi. Gretsiyaning aksariyat hududlarida bir neça oydan beri normal yoğingarçilik kuzatilmayapti, 12 avgust kuni Gretsiyada havo harorati Tselsiy böyiça 39 darajaga yetişi kutilmoqda. Mamlakat ğarbida eng kuçli jazirama kuzatilmoqda va 15 avgustga qadar bunday ob-havo şaroiti örmon yonğinlari uçun qulay böladi. Kuçli şamol va haddan taşqari qurğoqçilik tufayli «Gretsiya yarmi qizil zonada» bölib turibdi.
11 avgust kuni ba’zi joylarda şamol tezligi soatiga 90 kilometrga yetdi, bu ötgan kunni yonğin öçiriş uçun eng qiyin kun deb hisoblaşga asos böladi. Tarixdagi eng issiq qişdan söng, Gretsiya 1960 yildan beri eng issiq iyun va iyul oylarini boşdan keçirdi va bu örmon yonğinlariga turtki berdi.
Rasmiylar Marafon şahrini evakuatsiya qilişni buyurdi












