11 avgust, yakşanbaga ötar keçasi Ukraina harbiylari Kursk viloyatining Belovskiy tumaniga kirib, şu orqali Rossiya Federatsiyasi hududidagi mavjudligini kengaytirdi. Bu haqda tuman rahbari Nikolay Volobuyev ma’lum qildi. «Bizning hududimizga diversiya-razvedka guruhlarining kirib kelişi katta sarosima keltirib çiqarib, vahima uyğotdi», - deydi Volobuyev mahalliy aholiga yöllagan videomurojaatida.

Volobuyev, şuningdek, rasmiylar hozir «çegaraoldi hududlaridagi ba’zi jihatlarni tuşunmayapti», dedi. U tinçlanişga va Belovskiy tumanidan çiqib ketgan aholini «yetib borgan joyda qolişga» çaqirdi.

Ukraina diversiya-razvedka guruhlarining Belovskiy tumani hududiga kirişini Kursk viloyati gubernatori vazifasini bajaruvçi Aleksey Smirnov tasdiqladi. Uning sözlariga köra, rus harbiylari «vaziyatni barqarorlaştirişga» muvaffaq bölgan. Smirnovning ta’kidlaşiça, Belovskiy tumanida «harbiy töqnaşuvlar yöq», harbiylar va çegaraçilar Rossiya Federatsiyasi çegarasini himoya qilmoqda. 

11 avgustgaça Kursk viloyatining ikki tumani - Korenev va Sudja hududida janglar bölib ötdi. Belovskiy tumani Sudjadan janubi-şarqda joylaşgan va Belgorod viloyatiga tutaşgan. 

Z-kanal: Ukraina Belgorod viloyati yaqiniga qöşinlarni olib kelmoqda 

Bir kun avval Rossiya xavfsizlik kuçlariga yaqin bölgan «VÇK-OGPU» Telegram-kanali Ukraina Qurolli kuçlari (UQK) Belgorod viloyati çegaralariga «jangovar qöşinlar»ni töplayotgani haqida xabar bergan edi. «Şu munosabat bilan Rossiyaning uşbu hududiga hujum bölişi mumkin», deyiladi xabarda. Bu ma’lumotni mustaqil manbalardan tasdiqlaşning hozirça imkoni yöq. 

Ukraina Qurolli kuçlari 6 avgustdan buyon Kursk viloyatida harbiy amaliyot ötkazmoqda. 10 avgust kuni Belgorod, Bryansk va Kursk viloyatlarida aksilterror operatsiyasi (ATO) rejimi joriy etildi. 

ISW: Kreml Ukraina hujumi kölamini pasaytirib körsatmoqda

Amerika uruşni örganiş instituti (ISW) sönggi hisobotiga köra, Kreml Ukraina harbiylari Kursk viloyatida Rossiya çegarasini buzib ötganidan keyin yuzaga kelgan vaziyat jiddiyligini pasaytirib körsatişga urinmoqda. Rossiyaliklar orasida yuzaga kelişi mumkin bölgan vahimaning oldini oliş uçun mintaqa jangovar harakatlar hududi deb e’lon qilinmadi, deyiladi hisobotda.