Amerikada vitse-prezidentlikka nomzodlar qanday tanlanadi? Kamala Harris va Donald Trampning şeriklari Tim Uolz va Jyeyms Devid Vensning qaraşlarida qanday farqlar bor? Kun.uz muxbiri şu kabi savollar bilan Illinoys universitetining siyosatşunoslik böyiça doktoranti Ikromjon Töxtasinovga murojaat qildi.

— AQŞda prezidentlikka nomzodlar öz vitse-prezidentlarini qanday tayinlaydi?

— Prezidentlikka nomzodini qöygan nomzodlar özlariga vitse-prezidentlarni ham tanlaydi. Bu jarayon odatda norasmiy tarzda, uzoq muddat oladi. Nomzodlar öz köz ostiga olib qöygan ma’lum bir şaxslar böladi, mana şu şaxslar orasidan tanlab olişadi. Bu jarayonda vitse-prezidentlikka nomzod ular yuritayotgan siyosat, saylovoldi dasturlariga qançalik foyda berişi mumkin, agar saylanganda prezidentlik davrida qanday birga işlaş mumkin va boşqa omillarni hisobga olişadi.

Masalan, Kamala Harris 6 ta nomzoddan 3 tasini qoldirib, yakunda Minnesota gubernatori Tim Uolzni tanladi. Donald Tramp ham oldida köplab variantlar bölgan holda Jyeyms Devid Vensni tanladi. Bu jarayon tez sodir bölganga öxşab körinadi, ammo bu qarorga keliş ortida har bir nomzod ustida ança boş qotiriladi. Va bu tanlovlar ortida aynan strategik maqsadlar yotadi.

— Vitse-prezidentlikka demokratlar va respublikaçilardan nomzod Uolz va Vens siyosatining farqlari nimada?

— Tim Uolz 60 yoşda, Vens esa 39 yoşda. Donald Trampning yoşi kattaligini hisobga oladigan bölsak, ança kiçik yoşli vitse-prezidentni bejiz tanlamaganini tuşuniş mumkin, bu saylovoldi dasturini energiyaga töldiriş uçun va keyinçalik respublikaçilar partiyasi kelajagini öylab ham şunday qarorga kelingan deb öylayman.

Kamala Harrisning nomzodiga keladigan bölsak, u 12 yil davomida Kongressning Vakillar palatasida işlagan. Köp foydali islohotlarni amalga oşirgan. Hozirda Minnesota gubernatori sifatida faoliyat yuritmoqda.

Ikkala nomzod ham ijtimoiy-iqtisodiy holati bir-biriga yaqin oilalardan kelib çiqqan. Uolz Nebraskada tuğilib-ösgan, fermerlar oilasidan çiqqan. Devid Vens esa Kentukkidan, keyinçalik Ohayoda ham yaşagan, ammo uning oilasida ijtimoiy-iqtisodiy muammolari yetarli bölgan. Şu sababli Vens oddiy amerikaliklarni qiynaydigan muammolar: odamlarning işini yöqotişi, kelajakka bölgan umidlari pasayişi va migrantlar kelib, ularning işlarini olib qöyişi kabilar haqida gapiradi.