Xitoyda dunyodagi eng katta yuk taşuvçi dron sinovdan ötkazildi, deb xabar beradi Reuters. Uçuvçisiz boşqariladigan uçiş qurilmasining qanotlari kengligi 16,1 metrni, balandligi esa 4,6 metrni taşkil etadi.

Mazkur dron Xitoy hukumati tomonidan moliyalaştiriladigan Sichuan Tengden Sci-tech Innovation Co. kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan. «Tengden tomonidan yaratilgan uçuvçisiz boşqariladigan uçiş apparati dunyodagi eng maşhur yengil samolyot — tört örindiqli Cessna 172 dan biroz katta», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanişiça, dronning sinov parvozi 20 daqiqaga yaqin davom etgan. Yoz faslining boşlarida ham xitoyliklar yana bir yuk taşruvçi dronni sinovdan ötkazgandi — AVIC kompaniyasining HH-10 uçuvçisiz boşqariladigan uçiş apparati. U 700 kilogrammga yaqin yukni 520 kilometr radiusga taşiy oladi.

Xitoyda havo makonidagi çeklovlar olib taşlanayotgani bois mamlakat transport kompaniyalari havo taksilari bilan birga, uçuvçisiz boşqariladigan uçiş apparatlari işlab çiqarilişini ham rağbatlantirmoqda. Mahalliy aviatsiya regulyatori prognozlariga köra, 2030 yilga borib, uşbu sohaga yönaltirilgan mablağlar 279 milliard dollarga yetadi — bu 2023 yil bilan taqqoslaganda tört barobarga köp demak.

«Xitoyda uçuvçisiz boşqariladigan uçiş apparatlari yordamida tijoriy yetkazib berişlar boşlangan», — deb yozadi Reuters. Xususan, may oyidan Phoenix Wings kompaniyasi Xaynan orol viloyatidan Fengzhou-90 dronlari yordamida mevalarni Guandunga yetkazib berişni boşlagan.