Fransiyaning Mert-i-Mozel provinsiyasida mamlakat harbiy-havo kuçlarining ikkita harbiy samolyoti havodagi töqnaşuvdan söng halokatga uçradi.
Ikki Rafale qiruvçi samolyoti kunduzi Kolombi-le-Bell şahri yaqinida töqnaşib, halokatga uçradi, deb xabar bermoqda Fransiya OAV.
Uşbu ma’lumotlarga köra, Yuqori Marndagi Sen-Dize aviabazasidagi Rafale eskadrilyasiga tayinlangan samolyotlardan birining uçuvçisi katapultani amalga oşirgan. Boşqa samolyotda bölgan yöriqçi va talaba uçuvçini qidiriş davom etmoqda.
Myort-i-Mozel provinsiyasi rahbariyati tomonidan berilgan yozma bayonotda harbiy samolyotlarning töqnaşuvi ortidan operativ markazi taşkil etilgani va qurolli kuçlar kömagida qidiruv-qutqaruv işlari boşlangani bildiriladi. Qidiruv-qutqaruv işlarida jandarmeriya kuçlari va öt öçiriş brigadalari ham iştirok etmoqda.
Provinsiya bayonotida jabrlanganlar töğrisida xabar berilmagan. Harbiy idoralar voqea sabablarini örganmoqda.











