Rossiyada «Rayffayzenbank» 2 sentabrdan jismoniy şaxslarga xorijiy valutada pul ötkazmalarini amalga oşirişni töxtatadi. Bu haqda RBK agentligi 15 avgust, payşanba kuni bankning mijozlarni qöllab-quvvatlaş xizmatiga tayanib xabar berdi. Ta’kidlanişiça, bu qaror Raiffeisen Bank International AG (RBI) bank guruhi tomonidan Yevropa Markaziy banki (YeMB) buyruği bilan boğliq holda qabul qilingan.
Jismoniy şaxslardan Rossiya Federatsiyasiga barça valuta ötkazmalari 30 avgust kuni Moskva vaqti bilan soat 16.00 dan oldin bank tomonidan ijro uçun qabul qilinişi kerak, deya qöşimça qilingan. Çeklovlar bankning yirik va xalqaro biznesdagi bir qator korporativ mijozlariga hamda rubldagi transçegaraviy ötkazmalarga tatbiq etilmaydi, deya qöşimça qilib ötdi RBK.
YeMB bankdan Rossiyadan çiqişni tezlaştirişni talab qilmoqda
Aprel oyida RBI YeMBdan Rossiyada biznesni qisqartirişni tezlaştiriş böyiça sörovni kutgan edi. May oyida «Rayffayzenbank» iyun örtalaridan boşlab Rossiyada dollardagi pul ötkazmalarini jönatişni töxtatmoqçi ekanligi ma’lum böldi, şuningdek, yangi depozit va jamğarma hisobvaraqlarini oçmaslikka qaror qildi. Öşa paytda dollarda kiruvçi tölovlarga heç qanday çeklovlar yöq edi.
25 may kuni Italiyaning Streza şahrida bölib ötgan «katta yettilik» moliya vazirlari yiğilişi iştirokçilari «aniq tarzda», Reuters ta’kidlaganidek, Avstriya bankiga Rossiya bozoridagi biznesini qisqartirişni tavsiya qilişdi. AQŞ moliya vaziri Janet Yyellen Vaşington Rossiyaga Ukrainaga nisbatan tajovuzkorligi uçun joriy qilingan sanksiyalarga qaramay, Rossiya Federatsiyasida faoliyatini davom ettirayotgan banklarga qarşi ikkilamçi sanksiyalar joriy etiş imkoniyatini körib çiqayotgani haqida ogohlantirdi.









