Ukraina armiyasi Rossiya hududidagi törtta harbiy aerodromga birdaniga zarba berilganini ma’lum qildi.

«14 avgustga ötar keçasi Ukraina Qurolli kuçlari Havo kuçlari va Maxsus operatsiyalar kuçlari bölinmalari Ukraina Xavfsizlik xizmati va Ukraina Mudofaa vazirligining Boş razvedka boşqarmasi bilan birgalikda Rossiyaning Voronej, Kursk va Nijniy Novgorod viloyatlaridagi törtta aerodromga hujum qildi», — deyiladi Ukraina Qurolli kuçlari boş ştabining Facebook’dagi xabarida. 

Idoraning ta’kidlaşiça, «Xalino», «Savasleyka», «Borisoglebsk» va «Baltimor» harbiy aerodromlari zarbaga uçragan. 

«Bu aerodromlarda armiya aviatsiyasi, Su-34 qiruvçi-bombardimonçi samolyotlari, Su-35 qiruvçi samolyotlari va boşqa duşman harbiy samolyotlari joylaşgan. Asosiy yöq qiliş obektlari yonilği-moylaş materiallari va aviatsiya qurollari edi. Hujum natijalariga oydinlik kiritilmoqda», — deya qöşimça qildi idora.