Bu pandaçalarning dunyoga kelişi — noyob hodisa, çunki heç bir gigant panda bunçalik keç ona bölmagandi. Pandalar hozirça “juda zaif va 24 soatlik intensiv terapiya ostida, ularning holati barqarorlaşişi uçun vaqt kerak”, deydi panda qarovçilari.
“Barçamiz gigant panda bolalari bilan uçraşişni intiqlik bilan kutyapmiz. Ular hamma bilan rasman uçraşişi uçun bir neça oy sabr qilişingizni söraymiz”, — deyiladi Ocean Park hayvonot boği bayonotida.
Park operatorining sözlariga köra, Ying Ying egizaklaridan urğoçisi zaifroqqa öxşaydi, çunki uning tana harorati pastroq, ingraşi ham akasinikidan kuçsizroq.
Uning vazni atigi 122 gramm.
Ocean Park ta’kidlaşiça, Ying Ying tölğoq paytida “tuşunsa böladigan tarzda asabiylaşgan”, köp vaqtini yerda yotib, çayqalib ötkazgan.
Gigant pandalar juftlaşişni istamaydi. Ying Ying va egizaklarning otasi Le Le 2007 yilda beri Ocean Park’da istiqomat qiladi. Pekin öşanda ularni Hongkongga hadya qilgandi. Mart oyida esa ular muvaffaqiyatli juftlaşgan.
Xitoyning tabiatni muhofaza qiliş böyiça uzoq muddatli sa’y-harakatlari gigant pandalar soni kamayişini bartaraf etdi. Endilikda ular yöqolib ketiş xavfidan xoli hisoblanadi.
Ma’lumot uçun dunyodagi barça pandalar Xitoyga tegişli, ammo Pekin 1984 yildan beri hayvonlarni xorijiy mamlakatlarga ijaraga berib, munosabatlarni yaxşilaşda «panda diplomatiyasi»dan foydalanmoqda.










