Namangan viloyatida qalbaki usulda dori vositalari işlab çiqariş bilan şuğullanib kelgan jinoiy guruhga sud hukmi öqildi.

Joriy yilning 30 yanvar kuni DXXning Namangan viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan bojxona organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan. Unda Çortoq tuman tez tibbiy yordam feldşeri özining yaşaş xonadonidan Cobalt mashinacbda çiqib ketayotgan vaqtida töxtatilib, maşina xolislar iştirokida közdan keçirilganda, uning salonida heç qanday hujjatlari bölmagan 1000 dona “Zodak” dori vositasi borligi aniqlangandi.

Ma’lum bölişiça, feldşer uşbu dori vositalarini sotiş maqsadida Andijon viloyatiga yubormoqçi bölgan. Şuningdek, uning yaşaş xonadoni közdan keçirilganda, dori vositalari işlab çiqariş uçun möljallangan yaşirin sex borligi aniqlangan. Tsexda sotiş uçun tayyorlab qöyilgan 763 dona “Anaferon”, 2125 dona “Zodak”, 4000 dona “Vitamin V6” dori vositalari, 570 dona nomsiz flakonlarda siroplar, dori preparatlarini qadoqlaşda foydalaniladigan flakonlar, plastik qopqoq va probkalar, dori qutilari va yöriqnomalari protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.

Mazkur şaxs dori vositalarini tayyorlaş va saqlaş uçun özining 1977 yilda tuğilgan opasini hamda 1974 yilda tuğilgan qarindoşini jalb qilgan. Tadbir davomida uning opasining yaşaş manzilidan ham 120 dona “Zodak”, 260 dona “Anaferon”, 96 dona “Xilak Forte” va 313 dona nomsiz flakonlarga soligan sirop holidagi dori vositalari aşyoviy dalil sifatida olingan.

Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, olib borilgan tergov jarayonida tez yordam feldşerini dori vositalari tayyorlaşda kerak böladigan etiketka, flakon, qopqoq va probkalar, dori qutilari hamda yöriqnomalar bilan Andijon şahrida yaşovçi, 1991 yilda tuğilgan şaxs ta’minlab turganligi aniqlangan. Şuningdek, uşbu jinoyatga aloqador bölgan Qöqon şahrida istiqomat qiluvçi, 1986 yilda tuğilgan fuqaroning yaşaş xonadonida ötkazilgan tintuv-tergov harakati davomida tez yordam feldşeridan sotib olingan, umumiy qiymati 27 mln 646 ming sömlik 150 dona “Zodak” va 146 dona “Xilak Forte” dori vositalari protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.

Tergov jarayonida qölbola usulda tayyorlangan dori vositalarining oldi-sottisiga Çortoq tumanida yaşovçi, 1994 yilda tuğilgan, tibbiyot yönalişidagi davlat oliy ta’lim muassasasining talabasi ham aloqador ekanligi ma’lum bölgan.

Ta’kidlanişiça, yaşirin sex şaroitida tayyorlangan dori vositalari asosan Andijon va Qöqon şaharlarida sotuvga çiqarilgan.