Standart oltin quymasi narxi tarixda birinçi marta bir million dollardan oşdi. Bu haqda 19 avgust kungi savdolarga e’tibor qaratgan Bloomberg xabar berdi.
Oltinning bir troya unsiyasi (31,1 gramm) narxi tarixda ilk bor 16 avgust kuni 2 500 dollardan oşgandi, 19 avgustdagi savdolarda esa undan ham yuqori böldi. Şundan kelib çiqib, oğirligi 400 unsiya bölgan standart oltin quymasi bir million dollardan qimmatroqqa kötarildi.
Bloomberg quyma uçun 400 unsiya oğirligi qat’iy belgilanmaganini eslatib ötdi: London qimmatbaho metallar bozori assotsiatsiyasi qoidalariga köra, standart quyma vazni 350 dan 430 unsiyagaça hisoblanadi.
2024 yil boşidan buyon oltin 20 foizga qimmatlaşgan. Narxlarning oşişiga AQŞda foiz stavkalarining pasayişi kutilayotgani, şuningdek, Yaqin Şarqdagi geosiyosiy keskinlik sabab bölmoqda. Bu vaziyatda investorlar himoya aktivlarini köproq sotib olyapti.
Eslatib ötamiz, iyun oyida Özbekistonning oltin-valuta zaxiralari qariyb 294 mln dollarga kamayib, 36,3 mlrd dollarni taşkil etgandi. Bunga may oyida oltin eksport qilinmagani sabab bölgan bölişi mumkin.
Öz navbatida oltinning fizik hajmi 11,4 mln troya unsiyadan 11,7 mln troya unsiyagaça köpaygan.







