Özbekiston aeroportlarida maymunçeçak kasalligining oldini oliş çoralari körilmoqda. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, uşbu kasallikning yangi ştammi asosan Özbekiston bilan töğridan-töğri reyslar orqali boğliq bölmagan Afrika mamlakatlarida tarqalmoqda. Ammo şunga qaramay, aeroportlarda uşbu kasallikning oldini oliş çoralari körilmoqda.

Jumladan, fuqaro aviatsiyasi obektlarining Sanitariya-epidemiologiya osoyiştaligi markazi bilan birgalikda aeroportlar tibbiyot xodimlari uçun maymunçeçak kasalligining etiologiyasi, klinik körinişi, epidemiologiyasi, diagnostikasi va oldini oliş böyiça seminarlar ötkaziş rejalaştirilgan.

Şuningdek, respublikaning barça xalqaro aeroportlarida maymunçeçak kasalligining oldini olişga qaratilgan sanitariya-tarğibot işlari kuçaytirilgan.

Xususan, aeroport xodimlariga uşbu kasallik haqida soddalaştirilgan şaklda ma’lumot beriladi va ba’zi alomatlar vizual tarzda qanday namoyon bölişi tuşuntiriladi. Bundan taşqari, sanitariya-karantin xizmati tomonidan aeroportlarda havo harorati yuqori bölgan yölovçilarni masofadan turib aniqlaydigan teplovizorlar örnatiladi.

Oldinroq Sanepidqömita boşqarma boşliği Rustamjon Ikromov maymunçeçakning Özbekistonga kirib kelmasligi uçun qat’iy çoralar körilayotganini ma’lum qilib, xorijiy davlatdan qaytgan fuqarolar soğliğida özgariş sezsa, taşxislaş uçun şifokorga borişini tavsiya qilgandi.