Amerikalik huquq himoyaçisi Usama Abuirşaidning «Anadolu» agentligiga aytişiça, AQŞ Federal tergov byurosi uni Falastinga xayrixoh faoliyati tufayli maxfiy kuzatuv röyxatiga kiritgan. 

Uning sözlariga köra, bu milliy xavfsizlikni ta’minlaş çoralari bahonasida fuqarolar erkinliklarini buzişdir.

Usama şu yilning iyun oyida FTB kuzatuvlari röyxatida ekanligini bilgan. U avval ham röyxatda bölgan, biroq 2017 yilda undan olib taşlangan.

«Kuzatuv röyxati «gumonlanuvçilar» yoki «taniqli terrorçilar» deb ataydiganlarni nişonga oladi. U juda keng qamrovga ega. Bu röyxatga kiritiş mezonlari qanday ekanini heç kim bilmaydi», — dedi agentlik suhbatdoşi.

Abuirşaid röyxatga kiritilganidan keyin sayohat qilişda duç kelgan qiyinçiliklar haqida gapirdi. Xususan, onlayn röyxatdan ötiş yoki aeroportlarda öz-öziga xizmat körsatiş kiosklaridan foydalaniş mumkin emas. Faolning aytişiça, u buning örniga alohida xavfsizlik protsedurasidan ötadi, bu esa şaxsiy ma’lumotlarni taqdim etiş va bagajni sinçkovlik bilan tekşirişni talab qiladi.

«Men bunday reyslarda köp bölganman. Men juda katta ta’qiblarga duçor böldim», - deydi Usama.

Abuirşaidning sözlariga köra, aeroportdagi federal agentlardan biri uning röyxatga kiritilişini Falastinni qöllab-quvvatlaşi bilan bevosita boğlagan.

Huquq himoyaçisi özining röyxatga kiritilişini falastinliklar huquqlarini himoya qilişi va AQŞ Ğazoga nisbatan siyosatini tanqid etişini töxtatişga uriniş deb biladi.