Kuni keça tört kunlik Demokratik partiya milliy qurultoyi boşlangan Çikagoda Falastin tarafdori bölgan minglab namoyişçilar köçalarga çiqdi.
Köp sonli taniqli demokrat siyosatçilar, jumladan, AQŞ prezidenti Jo Bayden nutq sözlagan qurultoy Falastinni qöllab-quvvatlaş uçun minglab odamlarning mitingi bilan birga keçdi.
Namoyişçilar «Ğazo sektoridagi genotsidni töxtatişni» talab qilib, AQŞning Isroilga keyingi harbiy yordamiga qarşi çiqdi.
Namoyiş 270 dan ortiq Falastin tarafdorlari va turli ijtimoiy talablarni ilgari suruvçi nohukumat taşkilotlar a’zolari tomonidan mart oyida tuzilgan March on the DNC birlaşmasi tomonidan taşkil etilgan.
Bir guruh namoyişçilar Demokratik partiyaning milliy qurultoyi ötkazilayotgan bino yonida töplanib, AQŞ prezidenti Bayden va vitse-prezident Kamala Harris e’tiborini Ğazo sektoridagi vaziyatga qaratiş uçun marş uyuştirdi.
Falastin tarafdorlarining yurişi Amerika ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi, iştirokçilar «Ğazo sektorida genotsidni töxtating», «Genotsid Jo», «Falastinga ozodlik» şiorlarini aytişdi. Bundan taşqari, namoyişçilar qöllariga «AQŞdan Isroilga yordam yöq» degan yozuvli plakatlarni uşlab turişgan.
Ta’kidlanişiça, namoyişçilar AQŞ prezidenti Jo Bayden keçqurun nutq sözlagunça norozilik aksiyasini davom ettirgan.


















