Avgust oyi boşida Ilon Mask kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan Neuralink çipi ikkinçi bemor miyasiga muvaffaqiyatli implantatsiya qilingan edi. Bir neça hafta ötgaç, u fikr kuçi bilan Counter-Strike 2 onlayn otişmasini öynaşni örgandi.
Bemorning ismi Aleks va u amerikalik. Erkakning umurtqa poğonasi şikastlangan va oyoq-qöllari falaj bölib qolgan. Unga Barrou Nevrologik institutida çip implantatsiya qilindi. Operatsiyadan bir kun ötib, unga şifoxonadan javob berildi. Kompaniyaga köra, tiklaniş jarayoni «silliq keçdi».
Aleks kompyuter kursorini boşqarişdan boşladi: bu vazifani özlaştiriş uçun unga beş daqiqa vaqt kerak böldi. Tez orada u şaxsiy kompyuter interfeysini erkin boşqarişi mumkin edi. Keyin u yangi bosqiçga çiqdi va Counter-Strike 2 öynaşni örgandi.
Bemorning aytişiça, öyinda şunçaki yuguriş ham juda yoqimli böldi. Köz qayerga qarasa, kamera şu joyga yönaltirildi. Aleks otişni ham örgandi: hozirça mukammal emas, lekin juda samarali.
Neuralink hozir u bilan kompyuterni boşqariş qobiliyatini yaxşilaş ustida işlamoqda. U bajarişi mumkin bölgan buyruqlar röyxatini kengaytiriş, aylantiriş, kattalaştiriş va tortiş kabi murakkabroq narsalarni qöşiş rejalari mavjud. Aleks 3D-modellaştirişni örganmoqçi: u avval avtomexanik bölib işlagan.
Neuralink bemorlar uçun boşqariş imkoniyatlarini kengaytirişda davom etmoqda. Kompaniya çipli odamlarga video öyinlarda siçqonça va kontroller funksiyalarini töliq ta’minlaş uçun bir vaqtning özida bir neçta harakatlarni amalga oşiriş imkoniyatini bermoqçi. Şuningdek, u matn kiritişni tezlaştiriş uçun qöl yozuvini aniqlaş algoritmlarini işlab çiqadi. Yil oxirigaça çipni yana sakkiz kişiga örnatiş rejalaştirilgan.
Ilon Maskning ta’kidlaşiça, 10 yildan keyin millionlab falaj bemorlar implantlardan foydalanişi mumkin.












