ÖzA axborot agentligida sun’iy intellekt yordamida yaratilgan robot-muxbir iş boşladi. Unga Sobira Xoldorova nomi berildi.
Qayd qilinişiça, u Özbekiston yangiliklarini özbek, ingliz, rus, fransuz, arab, xitoy, nemis, ispan va qozoq tillarida öqib beradi.
Ta’kidlanişiça, soxta videolardan himoyalaniş maqsadida har bir videoga maxsus QR-kod qöyiladi. U orqali video haqiqiyligini aniqlaş mumkin.
Ma’lumot berilişiça, Sobira Xoldorova — tarixiy şaxs, Markaziy Osiyo va Özbekistondagi birinçi professional ayol jurnalist. U sovet davrida qatağon qilingan. Uning nomini sun’iy intellektga qöyiş orqali yorqin xotirasini tiklaş maqsad qilingani ta’kidlanmoqda.












