Vazirlar Mahkamasi qarori bilan şaharsozlik sohasidagi nizolarni sudga qadar körib çiqiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Quyidagilar tasdiqlandi:

● şaharsozlik sohasidagi nizolarni sudgaça hal qiliş tartibi töğrisidagi nizom;
● şaharsozlik sohasidagi nizolarni tekşiriş va hal qiliş böyiça idoralararo komissiya tarkibi.

"Şaffof quriliş" milliy axborot tizimida Şaharsozlik sohasidagi nizolarni hal qiliş natijalari reyestri yaratiladi.

Şaharsozlik sohasidagi nizolarni sudgaça hal qiliş tartibi töğrisidagi nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

  • şaharsozlik sohasidagi nizolarni tekşiriş va hal qiliş böyiça idoralararo komissiyani şakllantiriş tartibi va uning vazifalari;
  • komissiyaga murojaat qiliş şakli va tartibi;
  • arizani körib çiqiş tartibi.

Ariza komissiya tomonidan kelib tuşgan kundan boşlab 15 iş kuni içida körib çiqiladi. Agar murojaatda kötarilgan masalalarni örganiş uçun boşqa taşkilot vakillarini jalb qiliş, bevosita joyida örganiş, boşqa tegişli hujjatlar va materiallarni oliş talab etilsa, uni körib çiqiş muddati yana 15 iş kuniga uzaytirilişi mumkin.