«Şifokorlar uning hayoti uçun kuraşmoqda. Qolganlarga voqea joyida yordam körsatilmoqda», — deya xabar bergan Saratov oblasti gubernatori telegram-kanalida.

Saratov va Engels duşanba tongida dronlar hujumiga uçragan. Xususan, dronlar Engelsdagi aviabazaga ham yetib borgan.

Region rahbariyati dronlar hujumi qaytarilganini xabar qilgan, ammo dronlar turar joylarga borib urilgan holatlar ham bor.

Saratovda dron Predmostovoy maydonidagi 38 qavatli Volga Sky turar joy kompleksiga zarba bergan. 128,6 metr balandlikdagi uşbu kompleks şahardagi eng baland bino hisoblanadi.

Agentliklar va telegram-kanallarda tarqalgan fotosuratlarda köp qavatli binoning uç qavatida derazalar tökilib tuşgani aks etgan.

Mash telegram-kanali tomiga dron kelib tuşgan uy hovlisida şikastlangan avtomobillar videosini ham namoyiş etgan.

Engels şahrida dron Puşkin köçasidagi köp qavatli uy tomini şikastlagan. Roman Busarginning xabariga köra, köp qavatli uyga dron kelib urilişi oqibatida jarohat olganlar yöq.

«Mutaxassislar binoni közdan keçirguniça yaşovçilarning barçasi evakuatsiya qilindi. Favqulodda xizmatlar xodimlari, qutqaruvçilar işlamoqda», — degan gubernator.

Saratov va Engels şaharlari Volga daryosining öng va çap sohillarida bir-biriga röpara joylaşgan, ukrainlar dronlari hujumiga yöliqqan Engelsdagi aviabazadan esa daryogaça masofa tört kilometrni taşkil etadi.

Oblastga dronlar hujumi oqibatida Engels rayoni Pribrejniy posyolkasida törtta xususiy uy ham şikastlangan. Region rasmiylariga köra, bu posyolkaga hujum oqibatida jarohatlanganlar yöq.

Saratov va Engelsda rasmiylar şikastlangan uylarda yaşovçilarga yordam körsatiş uçun operativ ştablar taşkil etişgan.

Gubernator şikastlangan uylarda yaşovçilar, şuningdek şikastlangan avtomobillar egalariga yetkazilgan zararni qoplab beriş uçun «mablağ ajratişni ta’minlaş» zarurligini aytgan. Hozirça ajratiladigan summa miqdoriga aniqlik kiritilmagan.