2024 yilda astrofiziklar bir neçta noyob astronomik hodisalar haqida e’lon qildi: kometalar uçişi, quyoş tutilişi, meteor yomğirlari va nihoyat, sayyoralarning katta paradi. Navbatdagi parad 28 avgust kuni yuz berişi kutilmoqda. Uni qanday kuzatiş köpçilikka qiziq.

Sayyoralar paradi nima?

Sayyoralarning saf tortişi — astronomik atama bölib, bunda ikki va undan ortiq sayyora Quyoşning bir tomonida töğri çiziqda yoki bir-biriga yaqin 20-30 gradusli burçakda joylaşadi. Sayyoralar paradi esa uşbu hodisaga beriladigan norasmiy ta’rif. Xususan, NASA öz naşrlarida “sayyoralar paradi” atamasini qöllaydi, şuning uçun bu nom ommaviy axborot vositalarida ham keng tarqalgan.

Sayyoralar paradining turlari

Iştirok etgan sayyoralar soniga qarab, paradlar quyidagi turlarga ajratiladi:

Mini sayyoralarni paradi — 3 ta sayyora;

Kiçik sayyoralar paradi — 4 ta sayyora;

Katta sayyoralar paradi — 5 yoki 6 ta sayyora;

Ulkan (jami) sayyoralar paradi — 7 ta sayyora (ba’zan Pluton bilan).

Osmonda ikki sayyoraning uçraşişi konvergensiya yoki birikma deyiladi.

Odamlarga ta’siri bormi?

Uşbu hodisaning inson organizmiga ta’siri yetarliça örganilmagan. Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa ba’zilarning kayfiyatiga ta’sir qilişi aytiladi.

Tarixning turli davrlarida munajjimlar “sayyoralar paradi” har xil muammolardan darak berişiga işongan. Misol uçun, 1962 yilgi paradni ular dunyoni yadro uruşi yoqasiga olib kelgan voqealar — Kuba raketa inqirozi bilan boğlagan. 1989 yilgi parad esa göyoki Sovet Ittifoqi parçalanişini boşlab bergan.

Ammo tanqidçilar bunday taxminlarni asossiz deb hisoblaydi.

Keyingi sayyoralar paradi qaçon böladi?

2024 yilgi sayyoralarning navbatdagi paradi 28 avgust kuni yuz berişi kutilmoqda. Merkuriy, Mars, Yupiter, Uran, Neptun, Saturn Quyoşning yonida bir çiziqda saf tortadi. Kosmik hodisani köriş uçun vaqtni töğri tanlaş zarur: hodisa işqibozlari öz yaşaş joyida tong otiş vaqtini aniqlaşi va undan kamida bir soat oldin osmonni kuzata boşlaşi kerak böladi. Hududlarda sayyoralar paradi qanday va qaysi vaqtda körinişini tekşiriş uçun Starwalk Space Sky Tonight ilovasini yuklab oliş tavsiya etilmoqda.