Naked Science naşri Global Times’ga tayanib yozişiça, Xitoy Fanlar akademiyasining Şanhay astronomiya observatoriyasi kiçik ilmiy xodimi bu haqda «Nega biz Marsga yöl olyapmiz?» nomli maqolasida bayon qilgan.
Birinçi vazifa - Yer va Mars örtasida axborot almaşinuvini taʼminlaş. Bu kosmik apparatlar bilan aloqa qiliş va ularning harakat yönalişini aniq belgilaş uçun muhim.
Çjanning aytişiça, Şanhay astronomiya observatoriyasi rahbarligida işlab çiqilgan radiointerferometriya tizimi Marsga yöl olgan apparatlar trayektoriyasini yuqori aniqlikda hisoblaş va ularni orbitaga çiqarişga yordam beradi. Mazkur texnologiya «Tyanven-1» missiyasida sinovdan ötkazilgan.
Ikkinçi vazifa - ikki sayyora örtasida yuk va namunalarni taşişni yölga qöyiş. Insoniyat Marsga kosmik apparatlar yuborişni örgangan, ammo u yerdagi moddalarni Yerga qaytarişning amalda sinalgan texnologiyasi hozirça mavjud emas.
Xitoy bu yönalişda «Tyanven-3» missiyasini amalga oşirişni rejalaştirmoqda. Uni taxminan 2028-yilda uçiriş, Mars tuproği namunalarini esa 2031-yil atrofida Yerga olib keliş közda tutilgan.
Uçinçi vazifa - Marsda inson hayotini taʼminlaş. Qizil sayyorada harorat juda past, radiatsiya darajasi yuqori, tortişiş kuçi zaif va atmosfera bosimi past. Suv hamda kisloroddan foydalaniş imkoniyatlari ham çeklangan.
Olimning taʼkidlaşiça, odamlarning yaşaşi va ilmiy tadqiqotlar ötkazişi uçun Marsning mahalliy resurslaridan qanday foydalaniş mumkinligini aniqlaş kerak.
Şunga qaramay, Çjan Marsni insoniyat Yer - Oy tizimi çegarasidan taşqariga çiqişida erişiş mumkin bölgan maqsad deb hisoblaydi.
Uning tuşuntirişiça, Merkuriy Quyoşga juda yaqin, Veneradagi şaroit esa özlaştiriş uçun öta noqulay. Boşqa osmon jismlari ança uzoqda joylaşgan.
Marsda esa siyrak atmosfera va suv muzi bor. Sutka davomiyligi hamda fasllar almaşinuvi Yerdagiga öxşaydi. Tadqiqotçiga köra, şu xususiyatlar Qizil sayyorani sayyoralararo sivilizatsiya sari yölda muhim oraliq bosqiçga aylantirişi mumkin.












