Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 28 avgust kuni XXXIII yozgi Olimpiya öyinlari ğolib va sovrindorlari bilan uçraşdi.

Tadbirda Milliy Olimpiya qömitasi va sport federatsiyalari rahbarlari, murabbiylar, sportçilarning ota-onalari, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari ham qatnaşdi.

Ma’lumki, uşbu Olimpiya öyinlari 26 iyuldan 11 avgustgaça Fransiya poytaxti Parij şahrida bölib ötdi. Unda 200 dan ziyod davlatdan 11 ming nafarga yaqin eng kuçli atletlar qatnaşdi. Özbekiston 19 ta sport turi böyiça 90 nafar sportçi bilan iştirok etdi. Bu nufuzli musobaqa Özbekiston uçun tom ma’noda rekordlar, mislsiz yutuqlarga boy böldi.

Davlat rahbari sportçilarni uşbu ulkan tarixiy ğalaba bilan tabriklab, nutq sözladi.

– Sizlar ğoyat keskin bellaşuvlarda yuksak jasorat va matonat körsatib, 8 ta oltin, 2 ta kumuş, 3 ta bronza medalni qölga kiritganingiz mamlakatimizning taraqqiyot borasidagi yuksak salohiyatini ifoda etadigan yorqin natijadir. Bu tarixiy ğalaba Yangi Özbekiston yoşlari qanday buyuk işlarga qodir ekanini yana bir marta amalda namoyiş etdi. Mamlakatimiz iştirokçi davlatlar orasida umumjamoa hisobida 13-örinni, Osiyo qit’asida 4-örinni, turkiy va islom mamlakatlari hamda Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi böyiça 1-örinni egalladi. Barçamizni quvontirgan bu natijalar Özbekiston tarixida ilgari heç qaçon bölmagan yutuqlardir, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Buning uçun sportçi va murabbiylarga barça şaroitlar yaratildi. Sportçilarni tayyorlaşga yondaşuv özgartirilib, izlaniş va e’tibor kuçaydi. 2021 yil avgustda bölib ötgan şunday uçraşuvda kelgusi Olimpiadada kuçli ön beşta davlat qatoriga kiriş maqsad qilib qöyilgan edi. Bu şaraf bilan uddalanib, mamlakatimiz dunyoda 13-örinni egalladi.

Britaniyaning Financial Times naşrida yozilişiça, Olimpiya medallari, mamlakatning sport olamida erişayotgan yutuqlari davlatning umumiy rivojlaniş va insoniy taraqqiyot darajasini bildiradi.

Haqiqatan ham, Olimpiada öyinlaridagi har bir natijaning örni, mohiyati va ahamiyati beqiyosdir. Çunki tört yilda bir marta ötadigan bu yirik xalqaro musobaqada zörlarning zöri qatnaşadi, u mamlakatning sport sohasiga e’tibori, xalqning jismoniy va ma’naviy salohiyatini namoyon etadi.

Musobqada ilk oltin medalni Diyora Keldiyorova qölga kiritdi. Bu ham dzyudo böyiça, ham ayollar örtasida yurtimizning Olimpiadadagi birinçi oltin medali bölib tarixga kirdi.