Rossiya internet segmentidagi bir qator aloqa operatorlari YouTube video-platformasining sekinlaşuvini bartaraf etadigan va uni obunaçilarga taqdim etadigan yeçimlarni amalga oşirmoqda. Bu haqda 28 avgust, çorşanba kuni «Kommersant» gazetasi öz saytida ma’lum qildi. 

Uning ma’lumotlariga köra, butun mamlakat böylab bunday holatlar soni «önlab»dir. «Ba’zi operatorlar yangi abonentlarni jalb qiliş imkoniyatini qidirmoqda», deb tuşuntirdi «Komfortel» aloqa xizmati boş direktori Dmitriy Petrov. Heç bölmaganda bitta holatda foydalanuvçi trafigi Google Rossiya serverlaridan Yevropa serverlariga yönaltiriladi. 

YouTube Rossiyada rasman taqiqlanmagan 

Rossiya Federatsiyasida YouTube taqiqlangan platformalar reyestriga kiritilmagan va rasman bloklanmagan. 

«Biz bunda heç qanday huquqbuzarlikni körmayapmiz (sekinlaşuvni bartaraf etişga urinişlar), YouTube’dan foydalanişda heç qanday rasmiy çeklovlar yöq», dedi «Rosteleset» mintaqaviy operatorlari assotsiatsiyasi rahbari Oleg Grişçenko. 

Öz navbatida, Moskvaning Birinçi raqamli advokatlar assotsiatsiyasi a’zosi Yekaterina Abaşina trafik manipulyatsiyasi operatorlar uçun «xatarlarga ega» va ma’muriy kodeksning «litsenziyadan mahrum qiliş» hamda jazolanişga olib kelişi mumkinligi haqida fikr bildirdi. 

Kursk yaqinida Ukraina hujumi paytida sekinlaşuv

Ukraina qurolli kuçlarining Kursk viloyatidagi hujumi fonida Rossiyadagi eng ommabop video-platformaga kirişda muammolar yuz berdi. 

Iyul oyi örtalarida «Rostelekom» Rossiya Federatsiyasidagi foydalanuvçilar uçun YouTube işida uzilişlar kuzatilişi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi. Davlat dumasi deputati Aleksandr Xinşteyn 25 iyul kuni Rossiya rasmiylari yaqin kelajakda YouTube işini sekinlaştira boşlaşi haqida ogohlantirdi. Parlament a’zosi sözlariga köra, avgust oyining boşiga kelib, servisni statsionar kompyuterlarda yuklab oliş tezligi 70 foizgaça kamayişi kerak edi. 

Iyul oyi boşida YouTube Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarşi sanksiyalari 14-paketiga kiritilgan qöşiqçilar Yaroslav Dronov (Shaman) va Polina Gagarina rasmiy kanallarini bloklab qöydi. Oleg Gazmanov, Yuliya Çiçerina, Grigoriy Leps va köplab mehmonlari Ukrainadagi Rossiya uruşini oçiq qöllab-quvvatlagan «Empatiya Manuçi» şousi muallifi Vyaçeslav Manuçarovning kanallari ham bloklandi.