Bu yil maktablarni 398 ming öquvçi bitirsa, 1-sinfga qabul qilinayotgan bolalar bundan ikki barobar köproq, 700 ming bölişi kutilmoqda. Yangi öquv yili oldidan ötkazilgan matbuot anjumanida soha vaziri Hilola Umarova yuklamani kamaytiriş uçun yil davomida qöşimça 180 ming öquvçi örni yaratilişi reja qilinganini aytdi. Şuningdek, u öquvçi örniga qarab bir maktab uçun qança mablağ talab etilişini ham oçiqladi.
Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi bilan ötgan matbuot anjumanida vazir Hilola Umarova mamlakatda maktablar defitsiti, öquvçilarning köpligi sabab yuklama yuzaga kelayotganini ta’kidladi.
“Bu yil bizda 398 mingga yaqin öquvçi maktablarni bitirişdi. Lekin bu yilga birinçi sinfga 719 ming nafar bolani qabul qilişni reja qilib turibmiz. Şundan ham körsak böladiki, bizga yana 2 karra öquvçi örniga[maktab qurilişi haqida] ehtiyojimiz bor. Hozirgi kunda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tizimida umuman 1,5 yil böldi, har bir hudud kesimida kerak bölsa demografik 5 yilga qadar qança maktablarga qöşimaça bino qöşiş kerakligi, şunga öxşaş analitika böyiça alohida guruh taşkil qilingan.
Bir narsani alohida aytmoqçimanki, bu yil investitsiya dasturida ham 180 mingdan ziyod öquvçi örni [uçun maktab qurilişi] reja qilingan. yildan bu oşib bormoqda, ötgan yili 118 ming öquvçi örni yaratilgan bölsa, bu yil 180-40 ming yana qöşimça, ya’ni qolgan boşqa mablağlar investitsiya dasturi doirasida emas, balki grantlar yoki homiylar [orqali amalga oşirilişi mumkin]. Bu borada bir qança tadbirkorlar bilan ham işlar olib boryapmiz, ötgan yilning oz’ida 20 dan ziyod tadbirkorlar hududlarda maktablarni qurib, bitkazib, öquvçi örnini tuhfa qilişdi. Şu bilan birga, hozirda xalqaro taşkilotlar bilan iş olib boryapmiz. Ya’ni qöşimça maktab örni – biz uçun birinçi örinda prioritet”,– dedi Umarova.
Vazirning qöşimça qilişiça, hududlarda yangi maktablarni quriş böyiça öquvçilar örnidan kelib çiqib, 11 taga yaqin loyiha işlab çiqilgan. Bu borada tegişli vazirliklar bilan ham kelişilgani ma’lum qilindi.
“2024 yil Quriliş va uy-joy, kommunal xöjaligi vazirligi huzuridagi buyurtmaçi tomonidan amaldagi narxlarni [aytib ötaman]. Masalan, 330 örinli maktab 13 mlrd sömdan ortiq summaga, 528 örinligi 18,5 mlrd sömga, 660 örinli maktab 19,5 mlrd sömga tuşadi. Eng katta siğimligi 1 680 örinli ta’lim muassasasi bölsa, bu Sergelidagi katta qurilgan maktablar hisoblanadi, 58 mlrd sömga yaqin.
















