«Real»ning dahşatli tarkibini bu mavsumda töxtatib qolişi mumkin bölgan birgina tösiq — klubdagi surunkali jarohatlar va ularning hayron qolarli darajada bir xil tipdaligi. Ötgan 12 oy mobaynida «Qirollik klubi»ning 6 nafar futbolçisi xoçsimon paylar uzilişi bilan butun boşli mavsumni ötkazib yuboradigan jarohatlarni orttirib olişdi.
14 avgust kuni Madrid klubi Varşavada UYeFA Superkubogida ğalaba qozondi. Yana bir titul «qaymoqranglilar» muxlislarini xursand qilgani bor gap, ammo Kamavinganing öyinoldi rasmiy maşğulotda olgan jarohati bayram töliq tatişiga yöl qöymadi. Jamoadoşlarining atrofiga jamlanişi va undan keyingi kadrda Ançelottining qölidagi taymerni yerga jahl bilan uloqtirişining özi uşbu jarohat qay darajada jiddiyligini körsatib ulgurgandi. Ammo ular qörqqan narsa sodir bölmadi: Kamavinganing xoçsimon paylari uzilmagan ekan. Biroq baribir Eduardo tizza paylarini çözib olgani sabab kamida 7 haftaga safdan çiqdi.

Futbolçilarning xavotiri va italiyalik murabbiyning reaksiyasini tuşuniş mumkin. Sönggi paytlarda madridliklarda bu tipdagi jarohatlar köpayib ketdi. Ötgan yili avgustda Tibo Kurtua mavsumoldi yiğindayoq paylarini uzib oldi va mavsumning sönggi uçraşuvlarigagina qayta oldi. «Atletik Bilbao»ga qarşi oçiliş uçraşuvida esa Eder Militao xuddi şunday jarohat bilan maydonni zambilda tark etdi.
Keyin esa navbat David Alabaga keldi va dekabr oyida u ham xoçsimon paylar uzilişi bilan mavsumni yakunlaydigan böldi. May oyida u yana bir operatsiyani boşidan ötkazişga majbur böldi va endi u qaçon qaytişi noma’lum. Hozirça oktyabr oyida qaytişi taxmin qilinmoqda, lekin tiklaniş jarayoni borişiga qarab avstriyalik himoyaçi maydonga qaytişi çözilişi mumkin.

Kamavinganing jarohati avgust içida yuz bergan köngilsizliklarning oxirgisi emas. Undan beş kun avval AQŞ turnesidan beri «Real» asosiy jamoasi bilan maşğulotlar ötkaza boşlagan 17 yoşli iste’dodli himoyaçi Xoan Martinesning xoçsimon paylari uzildi va «Kastilya» tarkibiga Raul tomonidan yangi mavsum uçun jalb etilişi kutilayotgan futbolçi butun mavsumni ötkazib yuboradigan böldi. «Milan»ga qarşi örtoqlik öyinida örinbosarlar vakili Sesar Palasios, iyul oyida akademiyaning yana bir tarbiyalanuvçisi Dani Mesonero xuddi şunday taşxis bilan kasalxonaga yotqizildi. Bu kabi bir xil jarohatlar bir klub, uning ustiga «Real»da kuzatilişi normal holat emas. Bu klubda futbolçilar bilan işlaşda qandaydir xatolikka yöl qöyilayotganini bildiradi.













