La Liga. 3-tur
«Las-Palmas» — «Real» 1:1
Gollar: Moleyro (5) — Vinisius (68, penalti).
«Las-Palmas» – Sillessen, Marmol, Makkenna, Suares, Marvin, Kampanya (Luaodis, 81), Moleyro (Benito Ramires, 61), Rodriges (Fuster, 81), Xavi Munyos, Sandro Ramires (Viti, 78), Makberni (Mata, 78).
«Real» – Kurtua, Mendi (Fran Garsiya, 46), Ryudiger, Militao, Vaskes (Karvahal, 76), Çuameni, Valverde, Vinisius (Endrik, 86), Modriç (Guler, 64), Dias (Rodrigo, 46), Mbappe.
Ogohlantirişlar: Mendi (40), Militao (88).
«Real» Ispaniya çempionatining yangi mavsumida ikkinçi bor oçko yöqotdi. Uçinçi turda Karlo Ançelotti jamoasi safarda «Las-Palmas»ni mağlub etolmadi. Madridliklar endi «Barselona»dan tört oçkoga ortda qolmoqda.
Dastlabki ikki turdan keyinoq Ançelotti Kilian Mbappeda gol yöqligi töğrisidagi savolga javob berişiga töğri kelgandi:
«Mbappe ösmoqda. U işlamoqda, jarayon yaxşi ketmoqda. Moslaşiş ham. Kilian hali La Ligada gol urmagani xavotirga soladimi? U oxirgi bor 14 avgust kuni gol urgandi! Atigi ikki hafta ötdi. Xavotirlanadigan narsa yöq. Unda ham, bizda ham. U gol urişni xohlaydi, bu tuşunarli. Va u uradi…
Mbappening markazdagi pozitsiyasi uning jamoa öyiniga hissasini kamaytiradimi? Yöq, men bunday öylamayman. Mbappe – ajoyib hujumçi, u juda tezkor, töpsiz yaxşi harakatlanadi. Unda uçta imkoniyat böldi. Öylaymanki, u bu pozitsiyadan gol uradi, doim urib kelganidek. Uni öngga yoki çapga ötkaziş kerak deb öylamayman. U şu yerdan gollar uradi».
Hozirça Mbappe va «Real», albatta, Ançelotti körişni istaydigan holatda emas. Ispaniyaning amaldagi çempioni «Las-Palmas» bilan öyinda ham katta qiyinçilikka uçradi. Ayniqsa uçraşuv debyutida «qaymoqranglilar» umuman öziga öxşamadi. Mezbonlar yengilroq va keskinroq harakatlandi, mehmonlar esa oğir yuk bosib turgandek. Bu yozda milliy jamoalar safida yirik turnirlarda iştirok etgan futbolçilar bugungi kunda turliça sport formasida ekani bilan ham boğliq.













