Qayd etilişiça, Fadi Aldib Parijda ötkazilayotgan Paralimpiya öyinlarida Falastin bayroği ostida iştirok etayotgan yagona vakil. Aldibning fikriça, u oldinlari özini hozirgidek muhim ahamiyatga ega inson sifatida his qilmagan.

Sportçi vatanida Isroil va HAMAS örtasida janglar ketayotgan bir paytda öyinlarda iştirok etayotgani uçun özini «baxtli» hamda «omadli» his qilayotgani, ammo burç tuyğusi qamrab olganini ta’kidladi.

«Bu rostdan ham juda köp stress, juda ulkan mas’uliyat… Bu Falastin bayroği — biz hamon tirikmiz, biz hali ham şu yerdamiz va Falastinda ham hayot borligini körsatmoqçimiz», — deydi Paralimpiya öyinlarida iştirok etayotgan falastinlik yagona sportçi.

39 yoşli Aldib Ğazo sektorida tuğilgan bölib, u nogironlik aravaçasida yadro uloqtiriş böyiça bellaşuvga kirişadi.

«Men bu yerga falastinlik sifatida, butun dunyoga Falastin mavjud ekanini, biz yöqolib ketmayotganimizni va Ğazoda ham, Falastinda ham insoniylikni qidirayotgan odamlar borligini körsatib qöyiş uçun keldim», — deydi Aldib.

1995 yilda Milliy olimpiya qömitasi Falastin Milliy olimpiya qömitasini öz a’zosi sifatida tan olgan. Bir neça hafta oldin Parij-2024 Olimpiada öyinlarida falastinlik sakkiz nafar sportçi yengil atletika, taekvondo, öq otiş, suziş, dzyudo va boks böyiça iştirok etdi.

Uydan uzoqda keçgan 10 yil

Aldib oxirgi marotaba Ğazodagi oilasi bilan bundan 10 yil oldin körişgan. Asli basketbolçi bölgan Fadi Turkiya va Gretsiyaga köçib ötgan, hozirda esa Fransiyada istiqomat qiladi. Ammo bu öz yurtida bölayotgan zöravonliklar unga ta’sir körsatmaganini bildirmaydi.

2001 yili Falastinda yuz bergan isyonda Aldib öq yegan. Öşa vaqtda u 18 yoş bölgan va kelajagi porloq voleybolçi edi. 14 oy töşakka mixlangan sportçi ikkita şifoxonada özini qayta tiklaşga majbur bölgan va şundan beri nogironlik aravaçasida yuradi.

Aldib sport karerasini töxtatib qöymagan. U 2004 yilda basketbol bilan, 2007 yilda esa yengil atletika bilan şuğullanib köradi. «Ğazoda soğlom odamlar yaşay olmayapti, imkoniyati çeklangan odamning yaşaşini qanday tasavvur qilasiz? Şu bois 10 yildan beri oilamni, ukalarim, singillarimni köra olganim yöq», — deydi u.